"Puma" ishlab chiqargan libosi uchun sudga tortilishi kerak - ganalik muxlislar jamoaning yangi libosini tanqid qildi
29 avg 2022 20:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/714621_original.jpg)
![](/upload/storage/714621_220.jpg)
"Puma" ishlab chiqargan libosi uchun sudga tortilishi kerak - ganalik muxlislar jamoaning yangi libosini tanqid qildi
Gana muxlislari terma jamoaning mehmondagi libosiga oid suratlar internetda tarqalgach, uning dizaynini tanqid qildi.
"Qora yulduzlar"ning yangi safar libosida mamlakat bayrog'i ranglari, qora yulduz belgisi va futbolchining raqami markazda sariq kvadrat ichiga joylashtirilgan.
"Puma" kompaniyasi bugun ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ushbu suratlarni elon qilgach, mahalliy muxlislar buni g'azab bilan qarshi olishdi.
Ko'pchilik ushbu formada chiroyli dizaynga ega emasligini hamda uni sotib olmaslik chaqirig'i bilan chiqdi. SHuningdek, ushbu dizayn Ganaga hurmatsizlik manosida deya etirof etilgan.
Ayrimlar esa kompaniyani yopib yuborish kerakligi, boshqalari esa bu ish uchun ularni sudga berish kerakligi lozimligini takidlagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar