Pukki - APLning avgustdagi "Eng yaxshi futbolchisi"
13 sen 2019 16:27
Yangiliklar


Pukki - APLning avgustdagi "Eng yaxshi futbolchisi"
"Norvich" hujumchisi Teemu Pukki Angliya chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
29 yoshli fin futbolchisi APLda 4ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assistga erishgan.
Pukkidan tashqari bu nomga hujumchi Eshli Barns ("Byornli"), yarim himoyachilar Kevin de Bryuyne va Rahim Sterling, shuningdek Serxio Aguero (barchasi - "Manchester Siti") va Roberto Firmino ("Liverpul")lar raqobatlashayotgan edi.
Pukki finlyandiyaliklar ichidan 2004 yildan beri ushbu sovringa ega chiqqan birinchi futbolchi bo'ldi.
Undan oldin bu sovringa Mikael Forssella ega chiqqan. Umuman olganda bu sovrinni finlyadniyaliklardan Pukki va Forsellalardan tashqari Sami Xyuyupiya qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar