PSJ Osimxenga qiziqmoqda, biroq u uchun 150 mln evro to'lamoqchi emas

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2023, 18:25
"Pari Sen-Jermen" yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano.

Manbaga ko'ra, parijliklar "Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olishga urinib ko'rishmoqchi. Neapolliklar hujumchining sotuvidan 150 mln evro olishni istamoqda, PSJni esa bu qoniqtirmayapti.

Futbolchining "Napoli" bilan bitimi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

24 yoshli nigeriyalik joriy mavsum Italiya chempionatida 31 ta o'yinda qatnashib, 25 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchini 120 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano