PSJ Mbappe uchun 385 million evro olishni xohlamoqda
14 sen 2020 17:13
Yangiliklar


PSJ Mbappe uchun 385 million evro olishni xohlamoqda
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubdan ketishi mumkin.
Oldinroq chiqqan xabarlarga ko'ra, franciyalik futbolchi klub rahbariyatini mavsum yakunlangandan so'ng ketishi haqida ogohlantirgan.
PSJ 21 yoshli francuzni 300 million funt sterling (385 million evro atrofida)dan kamiga sotmoqchi emas. Mbappening o'zi maoshini bir mavsum uchun 16dan 20 million evro qadar oshishini xohlamoqda.
Forvardning Franciya chempionlari bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. PSJ bir necha bor yaxshiroq shartnoma taklif qilib bitimni uzaytirish borasida hujumchiga murojaat qildi, ammo Kilian bu takliflarni rad etdi.
Mbappe PSJda 2017 yildan beri o'ynamoqda va hozirchaga klub safida 124ta o'yinda maydonga tushib, 90ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar