PSJ himoyachisi Xakimi jarohati sabab "Sent-Eten"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
26 fev 2022 16:57
Yangiliklar
PSJ himoyachisi Xakimi jarohati sabab "Sent-Eten"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
PSJ himoyachisi Ashraf Xakimi "Sent-Eten"ga qarshi Franciya chempionati 26-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Parijliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 23 yoshli marokashlik futbolchi bugun ertalab mushak jarohatini olgan, unga tiklanish uchun 48dan 72 soatgacha vaqt kerak.
Xakimi 2021/22 yilgi mavsum PSJ libosida 29ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
PSJ - "Sent-Eten" o'yini bugun bo'lib o'tadi.
Fikrlar