"Manchester Yunayted" Onana o'rniga yulduz darvozabonni olib kelmoqchi
03 mar 15:18
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Onana o'rniga yulduz darvozabonni olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" Andre Onana o'rniga yangi darvozabon sotib oladi.
Kamerunlik futbolchi ushbu mavsum golga olib kelgan xatolari tufayli tez-tez tanqidlarga uchramoqda. "Fichajes"ning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" Onana o'rniga birinchi tanlov sifatida "Milan" futbolchisi Mayk Menyanni tanlagan. Franciyalik futbolchini kelasi yozda nisbatan arzon narxda sotib olish mumkin, chunki uning shartnomasi 2026 yilning o'rtalarida tugaydi.
Mayk Menyan iyulda 30 yoshga to'ladi. Darvozabon joriy mavsum "rossoneri" tarkibida 39 o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol o'tkazib yubordi va 11 ta bahsda darvozasidan to'p olib chiqmadi. Transfermarkt futbolchini 35 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Myu ning hozirgi teshik togorasi bn yaqinda Chempionshipga ravona bulishi ehtimoli yuq emas