So’nggi yangiliklar

12:53Флорентино Перес "Реал" учун янги дарвозабон топди. Кипернинг трансфер ҳуқуқи "Арсенал"га тегишли, аммо...  0 12:24"Барселона" ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи   1 11:56Аббосбек Файзуллаев ЦСКАдаги асосий муаммо ҳақида гапирди  2 11:21ЖЧ саралаши. Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувида "VAR" бўладими?  1 11:03Дансо йўқ! Абдуқодир Ҳусанов учун йўл очилдими?   2 10:44ОЧЛда "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср"га 3 тадан гол урган футболчи жамоаси билан янги шартнома имзолади  2 10:20"Рома" "Милан" футболчиси билан шартнома тузишга яқин  4 09:48"Реал Мадрид" тарихидаги энг қиммат трансферини амалга оширмоқчи  2 09:17Криштиану Роналду Евро-2024даги ўйини танқид қилинганига кескин муносабат билдирди  19 08:45"Барселона" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олади  1 08:14"Реал Мадрид" етакчиси келаси йил Саудияга кўчиб ўтиши мумкин. Таклиф суммаси шунчаки дахшат  8 07:40Расман: "Ювентус" 60 миллионлик трансферни амалга оширди  3 07:04EЧЛ 2024-25 мавсумининг барча иштирокчилари маълум. Қуръа ташлаш маросими қачон бўлади?  6 02:33Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Эспаньол" дарвозаси томон 24та зарба бериб ҳам гол ура олмади  3 01:20Виктор Осимхен "Челси" билан келиша олмаса, Европани тарк этади!  2

PRO-Ligada matbuot anjumanlari qachon o'tkaziladi? Yangiliklar

PRO-Ligada matbuot anjumanlari qachon o'tkaziladi?

Avvallari "Birinchi liga" deb nom olgan chempionatimiz endilikda PRO-Ligaga aylantirilganligi, mazkur ligada uchrashuvlar A va B guruhlarga ajratilgan xolda o'tkazilayotganligidan ko'pchilikning xabari bor albatta.

Yangi nom va yangi format asosida o'tkazilayotgan PRO-Liganing o'tgan mavsum yakunlariga qaysi jamoa nechanchi o'rinni olgani yoki kim o'tish o'yinlari (pulka)da ishtirok etgani, yakunda qaysi jamoalar Superligada paydo bo'lib qolganligi haqida gapirmoqchi emasmiz.

Ushbu maqola orqali shu haqida so'z yuritmoqchimizki, ayni vaqtga kelib PRO-Ligada joriy mavsumning 18-tur uchrashuvlari yakuni etayotgan bir vaqtda hanuzgacha futbol o'yinlaridan so'ng matbuot anjumanlari tashkil etilayotganligiga guvoh bo'lmadik. Qashqadaryo viloyatining ikki klubi - "SHo'rtan" va "Mashal" matbuot xizmatlari imkon qadar bu ishni uddalab turishibdi. Lekin qolgan jamoalarchi? A PRO-Ligada jami 8 ta jamoa ishtirok etadi. Ikki mintaqaga ajratilgan V PRO-Liganing G'arb mintaqasida 6 ta (mavsum boshida 8 ta edi, malum sabablarga ko'ra "Ittifoq-Buxoro va "Zarangari" jamoalari musobaqadan chetlashtirilgan), SHarq mintaqasida 8 ta jamoa ishtirok etib kelmoqda. Lekin bugungacha shu jamoalardan qaysi birining bosh murabbiylari o'yinlardan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi? Siz bilasizmi? Championat.asia yoki boshqa bir internet nashrlari imkon qadar murabbiylar yoki mazkur liga jamoalari futbolchilaridan intervyu tashkil etmasa, boshqa xech qaerda na murabbiy, na futbolchi tomonidan o'tkazilayotgan o'yinlar yoki ko'rsatilayotgan natijalar haqida bildirilgan fikrlar bilan tanishish imkonsiz bo'lib kelmoqda. Musobaqa tashkilotchisi - O'zbekiston Professional Futbol Ligasi rasmiy veb-saytida yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joriy mavsum boshidan buyon PRO-Liga jamoalarining bironta murabbiyi yoki futbolchisining intervyulari elon qilinganligini shaxsan biz ko'rmadik.

Futbol muxlislarida haqli savol tug'iladi, nega PRO-Liga uchrashuvlaridan so'ng matbuot anjumani tashkil etilmaydi? Bu liga murabbiylari yoki futbolchilari tomonidan bildiriladigan fikrlar xech kimga qiziq emasmi?



Mavsum boshida elon qilingan "Licenziyalash talablari”ning A PRO-Ligaga tegishli qismida har bir ishtirokchi klubning o'z matbuot kotibi bo'lishligi belgilab qo'yilgan emasmidi? SHunday bo'lsa, A PRO-Liga ishtirokchi jamoalarining matbuot kotiblari qanday yumush bilan shug'ullanishmoqda? Oxirgi marta qachon jamoasi bosh murabbiyi yoki futbolchisidan intervyu tashkil etdi? Xo'p, agar bor bo'lsa, qaysi saytda yoki ijtimoiy tarmoqlardagi nashrda elon qilindi? Yuqorida aytganimizdek, "Mashal" va "SHo'rtan" matbuot xizmatlari hartugul uy o'yinlarida bo'lsa ham bu ishni uddalab turishibdi. Lekin qolgan jamoalarchi? Ayni damda A PRO-Liga peshqadami bo'lib turgan "Istiqlol" jamoasi matbuot xizmatida bir oz bo'lsada faollik mavjud, so'ngi vaqtlarda "Neftchi" matbuot xizmati ham ancha "jonlanib" qoldi, "SHerdor"da ham matbuot xizmati muntazam ishlab keladi. Umuman olganda A PRO-Liga jamoalari matbuot xizmatidan nimadir olsa bo'ladi, lekin etarli darajada emas.

Matbuot anjumani tashkil etish shunchalik qiyin ishmi? Futbol muxlislari jamoalar murabbiylari yoki futbolchilari tomonidan bildiriladigan fikrlar bilan tanishishga haqli emasmi? A PRO-Ligada ishtirok etayotgan barcha jamoalarning ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari, ayrimlarida esa veb-saytlari mavjud, shaxsan o'zim muntazam kuzatib boraman, lekin bu sahifalarda futbol uchrashuvlaridan keyin matbuot anjumani tashkil etilganligi, murabbiy yoki futbolchi fikrlari elon qilinganligini bugungacha kuzatganim yo'q.

V PRO-Ligada esa ayrimlarini hisobga olmasa, ishtirokchi jamoalarning matbuot xizmati bor yoki yo'qligini aniqlashning o'zi qiyin masala. "Turon", "Zomin", "Aral", “Rash-Milk", “Yangier" jamoalarining ijimoiy tarmoqlarda sahifalari (balki ayrimlarida norasmiy) mavjud, bu jamoalarda matbuot xizmatlari imkon qadar ishlab kelmoqda. Lekin 18-turga etib kelibmizki, V PRO-Ligada hali bironta uchrashuvda matbuot anjumani tashkil etilganligi haqida eshitganimiz yo'q, shunday davom etsa, kelajakda ham bo'lishiga ishonch yo'qdek go'yo.

Axir futbol muxlislar uchun o'ynalmaydimi? Yana takrorlayman, muxlislar uchun sevimli jamoasi bosh murabbiyi yoki futbolchilari fikrlari qiziq emasmi?

O'zbekistonda OAVga etibor kundan-kunga oshib borayotgan bir vaqtda, nega biz PRO-Ligada matbuot anjumanlari tashkil eta olmaymiz? Buning uchun nima etishmaydi bizga?

O'FA va PFL tomonidan joriy yilda olib borilayotgan islohotlar, mutasaddi tashkilotlar bilan xamkorlikda tashkil etilayotgan turli musobaqalar va ularga yaratib berilayotgan sharoitlar bizni quvontirmasdan qolmaydi. Masalan "CHarm to'p", "Mahallaga-mahalla" musobaqalari yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish va ularni sportga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Balki shu kabi tadbirlar va ularning tashkiliy masalalari tufayli PRO-Liga uchrashuvlariga PFL matbuot xizmatini vaqti etmayotgan bo'lishi ham mumkin. Xo'p, shunday ham deylik, lekin bu ligada matbuot anjumanlarini tashkil etish ishtirokchi jamoalar tomonidan tashkil etilsa bo'ladiku! Yoki qachon yuqori turuvchi tashkilotdan qatiy talab qo'yilsa, shunda tashkil etiladimi matbuot anjumani?



Takliflar:

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, shaxsiy xulosalarga asoslangan xolda quyidagi takliflarni ilgari surgan bo'lar edim:

1. O'zbekiston PFL tomonidan PRO-Ligada bo'lib o'tadigan har bir tur yakuniga ko'ra, turli nashrlar bilan xamkorlikda "Eng yaxshi matbuot xizmati", "Turning eng faol futbolchisi" kabi nominaciyalar bo'yicha tanlov o'tkazib borilishini taminlansa maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'z navbatida ushbu tanlovlar jamoalar va ularning matbuot xizmatlari o'rtasida raqobat yuzaga kelishiga va sifat samaradorligi ortishiga sabab bo'ladi.

2. O'zbekiston PFL turli nashrlar bilan PRO-Liga uchrashuvlarini yoritib borish borasida xamkorlik shartnomasi imzolashi va ushbu shartnomaga muvofiq futbol uchrashuvlaridan so'ng matbuot anjumanlari o'tkazilishi yuzasidan tavsiya ishlab chiqishi lozim deb hisoblayman. Hozirda o'zbek futbolini yoritib boruvchi bir qator nashrlar borligini hisobga olgan xolda, shartnoma borasida muammo bo'lmasligiga ishonaman. Tabiiyki, bunda futbol uchrashuvlarini yoritish hajmi yanada kengayadi, muxlislar qiziqishi ortadi. Eng muhim jihatlardan biri shundaki, mazkur shartnomaning amaliyotga tadbiq etilishi PFLning o'ziga ham uchrashuvlardan tayyorlanadigan fotogalereya va malumotlar ko'payishi tufayli kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ishonamizki, O'zbekiston PFL mutasaddilari ushbu xolatga o'z etiborlarini qaratishadi. Tez orada jamoalar o'rtasida raqobat tobora ortib borayotgan PRO-Liga uchrashuvlarida matbuot anjumanlari tashkil etiladi, muxlis va mutaxassislar ishtirokchi jamoalarning murabbiy yoki futbolchilari fikrlari bilan tanishish imkoniga ega bo'lishadi. Biz bu mavzuga yana qaytamiz...


Bekzod Tolibov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика