So’nggi yangiliklar

00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  0 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  1 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  89 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  0 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   2 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  13

Pro Liga. Javohir Sohibov: “Turon”da ro'y berayotgan yangiliklar futbolchilarning kayfiyatini yanada ko'taradi” Yangiliklar

Pro Liga. Javohir Sohibov: “Turon”da ro'y berayotgan yangiliklar futbolchilarning kayfiyatini yanada ko'taradi”

Yaypanning “Turon” jamoasi mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa azolari kecha yig'in doirasida tashkil etilgan nazorat uchrashuvida “Navbahor”ga qarshi maydonga tushdi. Teng suratlar ostida kechgan bahsda Andrey Kanchelskis shogirdlari kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur bellashuvdan so'ng yaypanliklarning tajribali futbolchisi Javohir Sohibovning fikrlari bilan qiziqdik.

“To'g'ri, hali chempionat boshlanmasidanoq karantin elon qilindi. SHunday bo'lsada murabbiylarimizning ko'rsatmalari bilan uyda qo'ldan kelgancha yakka tartibda mashg'ulotlarni olib bordik. “Turon” oldiga yil boshida Superligaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Bu borada klubda keng hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Jamoaga yangi zamonaviy avtobus berildi, uy uchrashuvlarini o'tkazadigan maydonimiz chimi yangilandi. Stadionda ko'p ishlar qilindi. Umuman olganda klubda ro'y berayotgan yangiliklar futbolchilarning kayfiyatini yanada ko'tarmoqda, barcha sharoitlar yaratib berilyapti. Bizdan faqat maydonga chiqib futbol o'ynash va g'alaba qozonish talab qilinali, xolos. Tarkibimiz kuchaytirildi. Superligada o'ynagan tajribali futbolchilar taklif qilindi. Mashg'ulotlarda asosiy etibor bir-birimizni o'zaro yaxshi tushunib olishga va jamoaviy o'yinni shakllantirishga etibor berilmoqda. CHunki, ancha vaqt o'yin amaliyotisiz qolib ketdik. “Navbahor” bilan nazorat o'yinida murabbiylar to'pni ko'proq o'zimizda ushlashimizni talab qilishdi. Yomon o'ynamadik deb o'ylayman”,- deydi mahoratli yarim himoyachi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика