So’nggi yangiliklar

22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  8 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  5 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  13 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Японияга етиб борди  1 17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  1 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  2 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  1 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  6 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1

Pro-Liga. "Andijon" o'z maydonida "Surxon"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh) Yangiliklar

Pro-Liga. "Andijon" o'z maydonida "Surxon"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh)

Teglar :  PRO-ligaAndijon
Pro-Liganing 33-turida "Andijon" jamoasi o'z muxlislari qarshisida "Surxon"ni qabul qildi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq har ikki jamoa azolari faol harakat qila boshladilar. Superliga yo'llanmasi uchun astoydil harakat qilayotgan ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq mezbonlar futbolchisi Xushnud Avilov jarohat olib, maydonni tark etdi, mezbonlar birinchi bo'lim 8-daqiqasidayoq majburiy o'zggarishni amalga oshirishga majbur bo'ldilar. Jarohat olib maydonni tark etgan Xushnud Avilovning o'rniga uchrashuvni Ibrohim Otaxonov davom ettiradigan bo'ldi. SHundan so'ng uchrashuvda mehmonlarning bir oz ustunligi ko'zga tashlana boshladi. "Surxon" futbolchilari dastlab jarima zarbasi, bir ozdan keyin burchak to'pi tepish huquqiga ega bo'lgan bo'lsalarda, ushbu vaziyatlar samara keltirmadi. Mehmonlar futbolchisi burchak to'pidan to'pni "Andijon" jarima maydoni ichiga etkazib bergan vaziyatda, tajribali futbolchi Islom Inomovda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq uning zarbasi bir oz noaniq bo'ldi. Oradan bir oz vaqt o'tib, mezbonlar burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldilar, lekin yana o'sha Islom Inomov faollik ko'rsatib, to'pni "Surxon" maydonidan uzoqlashtirishga erishdi. Oradan bir oz vaqt o'tib mezbonlar hujumchisi Davron Isoqovda raqib darvozasiga gol kiritish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgandi, lekin mehmonlar darvozabonining tezkor harakati jamoasini goldan saqlab qoldi.Bellashuvlarga boy tarzda birinchi bo'lim shu tariqa 0:0 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim har ikki jamoa azolarining keskin hujumlari bilan boshlandi. Dastlab mezbonlar futbolchisi SHahboz Jumaboevning zarbasi himoyachilarga tegib qaytgan bo'lsa, oradan biroz o'tib mehmonlar hujumchisi Abdul Aziz Yusupovning raqib darvozasi tomon yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Uchrashuvning 61-daqiqasida bosh hakam Akobirxo'ja SHukrullaev "Surxon"ning tajribali futbolchisi Islom Inomov o'z jarima maydoni ichida mezbonlar futbolchisi SHahboz Jumboevga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topdi mehmonlar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Penaltini SHahboz Jumboevning o'zi aniq tarzda ijro etdi va uchrashuvda hisob ochildi, 1:0.
O'tkazib yuborilgan gol so'ng mehmon jamoa futboochilari hisobni tenglashtirish uchun astoydil harakat qilgan bo'lsalarda, shu kuni ularga raqib darvozasini ishg'ol etish nasib etmadi. Uchrashuv shu tariqa "Andijon" jamoasini kichik 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Pro-Liga. "A" guruhi.

33-tur.

"Andijon"-"Surxon" 1:0. (0:0)

“ANDIJON”:
1. Nikita Ribkin, 5. Xushnud Avilov, 7. SHahboz Jumaboev, 10. Davron Isoqov,18. Sunnatilla Ermatov,19. Davron Mamatov, 21. Ildar Mamatkazin (S), 24. SHoxruh Boyqo'ziev, 25. Farhod Mirahmatov, 33. Doniyor Abdumannopov,98. Farhod Bekmuratov.
Zahira: 87. Akmal Ortiqov, 6. Ibrohim Otaxonov,8. Sunnatilla Mamadaliev, 17. Nodirxon Kamolov, 20. Jahongir Omonov, 22. Siroj Hamroev,70. Nodir Mavlonov.

«SURXON»:12. Azamat Ahmedov, 3. Sirojiddin Allaev, 5. Najmiddin Normurodov, 21. Timur Usmonov,22. Abdul Aziz Yusupov, 23. Islom Inomov  (S), 24. Ibrohim Rahimov, 30. Daniel Nasriddinov, 77. Sardor Eminov
92. Azizbek Usmonov, 99. Bek Abdullaev.
Zahira:1. Ruslan Matniyazov, 4. Ibrohim Abdullaev, 9. Nizom Norov, 10. Bahriddin Vahobov, 14. Abbos Po'latov, 17. Alisher Mirzaev, 80. Javohir Aliqo'ziev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика