Pro liga. 1-tur statistikasi
09 mar 2022 17:14
Yangiliklar
Pro liga. 1-tur statistikasi
O'yinlar
- Turning 5ta uchrashuvi to'liq o'tkazildi. “Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” bahsi chempionatning ilk uchrashuviga aylandi.
- Ikkita o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan.
- Bitta bellashuvda mehmonlar muvaffaqiyat qozondi.
- Ikki uchrashuvda esa tomonlar o'zaro durangga imzo chekkan.
- Safarda g'alaba qozongan yagona jamoa esa “Turon” bo'ldi. Anvar Berdiev boshqaruvidagi yaypanliklar G'uzorda “SHo'rtan”ni 2:1 hisobida mag'lub eta oldi.
- Turning markaziy uchrashuvida “Buxoro” va “Mashal” o'zaro durang qayd etdi.
- “Yangier-Quruvchi” va “Xorazm” ham o'z maydonidagi bahslarni g'alaba bilan tugatdi. Har ikkisi ham o'yinning ikkinchi bo'limida gol urgan holda muvaffaqiyat qozondi.
- “Andijon” esa mehmonda “Zomin” bilan kuch sinashib, murosa ko'chasini tanladi.
“Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” – 2:1
“SHo'rtan” – “Turon” – 1:2
“Zomin” – “Andijon” – 0:0
“Buxoro” – “Mashal” – 2:2
“Xorazm” – “Aral Samali” – 2:1
Gollar:
- 1-turning 5ta o'yinida jami 13ta gol qayd etildi.
- Har bir uchrashuvga o'rtacha, 2,6 tadan gol demakdir.
- Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 7ta.
- Mehmonlar hisobiga esa 6ta gol yozilgan.
- O'yinlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 4ta.
- Qolgan 9ta to'p esa ikkinchi taymda kiritilgan.
- Turning eng tezkor kiritilgan goli 6-daqiqaga to'g'ri keladi. Unda ikki futbolchi aynan shu daqiqada gollar urgan. Bular Olex Marchuk (“Buxoro”) va SHaxzod Beshimov (“Xorazm”).
* Aksincha eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol “Buxoro” – “Mashal” o'yinida qayd etildi. 87-daqiqada mezbonlar azosi Ro'zimboy Ahmedov “gazchilar” darvozasiga javob to'pini kiritgan.
* 3ta penalti! Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar mezbonlar foydasiga jami 2ta, mehmonlar foydasiga 1ta penalti belgilashga qaror qildi. Bundan jabr ko'rgan jamoalar – “G'ijduvon”, “Xorazm” va “Turon” jamoalari bo'ldi. Faqatgina “Yangier-Quruvchi” safida Suhrob Berdiev 11 metrli jarima to'pini golga aylantira olmadi.
* “Zomin” va “Andijon” jamolari bu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
- Ushbu turning 5ta o'yinida jami 22ta sariq kartochka qayd etilgan.
- Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 4,4tadan ogohlantirish demakdir.
- Mezbon jamoalardan 10 nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylangan.
- Qolgan 12ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga yozilgan.
- Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 9ta o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, ikkinchi taymga borib bu borada ko'rsatkich biroz ortgan. Yani 13 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.
- Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin deb – “Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” uchrashuvini aytish lozim. Bosh hakam mezbonlardan to'rt nafar o'yinchiga mehmonlardan esa uch nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan.
- Turning eng intizomsiz jamoasi ham “Turon” bo'ldi. 5 nafar sariq va bitta qizil kartochkaga loyiq topildi.
- “SHo'rtan”, “Xorazm”, “Aral Samali” va “Mashal” jamoalaridan atiga bittadan futbolchi sariq kartochka olgan. Bu borada ushbu jamoalar boshqalarga namuna bo'ldi..
* “Turon” himoyachisi Marlen CHobanov jamoasining “SHo'rtan”ga qarshi o'tkazgan bahsida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
MUXLISLAR
- 1-turning 5ta o'yiniga jami 4219 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
- Har bir uchrashuvga o'rtacha 843,8ta muxlis demakdir.
- “Zomin” bu borada peshqadamlik qildi. Zomin tumanida kechgan o'yinga jami 1260 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.
* Aksincha eng past ko'rsatkich "Yangier-Quruvchi" - "G'ijduvon" uchrashuvida qayd etildi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” – 2:1. 345 tomoshabin.
“SHo'rtan” – “Turon” – 1:2. 1258 tomoshabin.
“Zomin” – “Andijon” – 0:0. 1260 tomoshabin.
“Buxoro” – “Mashal” – 2:2. 372 tomoshabin.
“Xorazm” – “Aral Samali” – 2:1. 984 tomoshabin.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
2-tur. 12 mart (shanba)
“Turon” – “Aral Samali”
“SHo'rtan” – “Buxoro”
13 mart (yakshanba)
“Andijon” – “Yangier-Quruvchi”
“G'ijduvon” – “Xorazm”
“Mashal” – “Zomin”
Fikrlar