So’nggi yangiliklar

23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  1 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  0 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  2 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  2 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  57 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   11

Prezident qaroriga sharhlar Yangiliklar

Prezident qaroriga sharhlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev 16 mart kuni “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorga imzo chekdi.

Aytish mumkinki, ushbu qaror qabul qilinishi o'zbek futboli olamida momaqaldiroq gumburlashidek bo'ldi. CHunki bunda bir qator etiborga molik masalalar ko'zda tutilgan. Xabaringiz bo'lsa kerak, muhtaram Prezidentimiz tomonidan shu yilning 5 martida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” PF-5386-sonli farmon chiqarilgandi. Futbolni rivojlantirish borasidagi qaror aynan o'sha farmonga muvofiq qabul qilindi deya olamiz.

Qarorda qanday yangiliklar bor?

Albatta, qarorni o'qigan yo ko'zi tushgan borki, unda nima yangi gaplar borligini axtaradi. Qarorda bir qator jihatlar etiborga olingan, futbolimiz o'sishiga turtki berishiga xizmat qiluvchi vositalar haqida gap borgan. Quyida mazkur qarorning soha kishilariga yanada tushunarli bo'lishi uchun qisqa va lo'nda ochiqlab berishga harakat qilamiz.

Avvalo shuni aytish lozim, qarorda ko'p masalalar ko'tarilgan va shulardan birinchisi sifatida “Bunyodkor” stadionining O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA) tasarrufiga o'tkazish belgilab qo'yilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, tez orada “Bunyodkor” stadioni to'liq O'FA tarkibiga o'tadi.

SHu o'rinda savol tug'iladi, hozir ushbu stadion kimga qarashli degan. Bizga malum bo'lishicha, “Bunyodkor” stadioni “Bunyodkor” futbol klubiniki hisoblanmaydi, balki Ichki ishlar vazirligiga tegishli obekt. “Bunyodkor” klubi stadiondan foydalanuvchi jamoa hisoblanadi.

Endilikda stadion O'FAga qarashli bo'ladi va O'FAning ish joyi “Bunyodkor”ga ko'charmish degan gaplar yo'q emas. Buni endi vaqt ko'rsatadi. Eng katta yangilik esa “Bunyodkor” stadioni hududida joylashgan klub akademiyasi ham bundan buyon O'FAga qarashli bo'ladi. Qarashli bo'ladi deganimiz O'FA klub maktabini o'ziga olib qo'ymaydi, balki “Bunyodkor” futbol maktabi o'rnida Respublikada yagona futbol akademiyasi barpo etiladi.

Tez orada har bir viloyat markazida har tomonlama talabga javob beradigan akademiyalar barpo etilishi kutilmoqda. Bundan buyon har bir viloyatda bittadan hech qaysi klubga qarashli bo'lmagan mustaqil bolalar akademiyasi faoliyat yuritadi. Akademiya direktori va murabbiylari O'FA tomonidan tayinlanadi. Yosh futbolchilarning qabul jarayonini ham O'FA nazorat qilib boradi. Xuddi shunday akademiya “Bunyodkor” stadioni hududida ham bo'ladi.

Tushunarli bo'lishi uchun klublarning futbol maktablari ishlayveradi, ammo bu akademiyalarni O'FA nazorat qiladi. Endi bir savol tug'ilishi mumkin, klublarga qarashli futbol maktablaridan chiqqan yoshlar keyinchalik o'sha jamoaning asosiy tarkibida o'ynaydi, lekin O'FA tasarrufidagi akademiyadan chiqqan bolalar keyinchalik qaysi jamoada to'p tepadi?

O'FA bunday vaziyatda yangicha yo'l tutmoqchi, yani aytib o'tganimizdek, viloyatlarda akademiya tashkil qilinadi va eng katta markazlashgan akademiya Toshkentda bo'ladi. Keyinchalik vaqt o'tib viloyatlarda tahsil olayotgan yoshlardan eng kuchlilari Toshkentdagi akademiyaga kelish imkoniga ega bo'lishadi. Toshkentda o'qiydigan eng yaxshi yosh futbolchilarni esa O'FA chet el klublariga shundoq qo'yib yuborishni mo'ljallayapti. Ularning bizga puli ham, boshqa narsasi ham kerak emas. Faqat shu bolalar xorij klublarida o'ynab yaxshi futbolchi bo'lib chiqsa bo'lgani.

Murabbiylar masalasi bo'yicha

SHunday qilib “Bunyodkor” stadioni O'FA tasarrufiga o'tkaziladi va stadion bundan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun baza vazifasini o'taydi. Albatta, “Bunyodkor” klubi uy uchrashuvlarini o'ynashda davom etaveradi. Lekin klub futbol maktabi taqdiri nima bo'ladi, shu biroz o'ylantirmoqda.

Futbol rivojiga oid qarordan shuningdek, murabbiylar masalasi ham alohida o'rin olgan. Qarorda keltirilishicha, shu paytgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga qarashli bo'lib kelgan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash oliy maktabi ham to'liq O'FAga o'tkaziladi. Bu degani bundan buyon murabbiylarni o'qitish va ularga licenziya berish O'FA zimmasida bo'ladi va barchasini nazorat qiladi.

SHuningdek, mamlakatimizda 2018-2022 yillarda futbolni rivojlantirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqish ko'zda tutildi. Qarorda faqat professional futbol haqida gap bormagan, balki havaskorlar futbolini ham unutib qo'ymasligimiz lozimligi uqtirilgan. SHunga muvofiq bundan buyon “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi bo'yicha mahalla va qishloqlarda maydonlar qurish ko'zda tutilmoqda. Bu esa yoshlarning o'qish va ishdan keyin vaqtini zoe ketkazmaslikka xizmat qiladi.

Yana murabbiylar masalasiga qaytsak, hozirgi kunda 60ga yaqin “Pro” licenziyasiga ega murabbiylarimiz bor. Ammo ularning hammasi ham ishli emas va ular qanchada bir qayta imtihon topshiradi, buni bilmaymiz. Bilganimiz shuki, ularning qo'lida “Pro” bor.

Lekin licenziya bo'lgani bilan murabbiy hech qaerda ishlamasa, ishlasa ham hech nimani qoyillatmasa unda nima uchun “Pro” olgan? Axir licenziya uchun ham pul to'langan. Demak, shunga yarasha ishlashi va o'zini ko'rsatishi kerak bo'ladi. Hozirgi kunda aksar murabbiylarning faoliyati O'FAni qoniqtirmayapti. SHu bois ham tashkilot buyog'iga barcha murabbiylarni o'z nazoratiga oladi.

Endi terma jamoaning ham o'z bazasi bo'ladi

“Bunyodkor” stadioni bundan buyon terma jamoa bazasi bo'lishini yuqorida aytib o'tdik. Yana bir yangilik shuki, Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish zonasi tugatilib, futbolchilar uchun o'quv-mashg'ulot bazasi sifatida qayta barpo etiladi. Endilikda terma jamoa faqat Toshkentda yig'in o'tkazmaydi, balki “Sijjak”ka borib ham mashg'ulot o'tkazaveradi. Buni albatta juda yaxshi yangilik deya olamiz. CHunki bungacha olimpiya sport turlari uchun poytaxt viloyatida shunday baza bor bo'lib, futbolda yo'q edi. Mana endi futbol ham o'z bazasiga ega bo'ladi.

Yana bir yangilik shuki, Qo'qon shahrida katta va zamonaviy stadion barpo etilishi kutilmoqda. Bilasiz, Qo'qon o'zbek futboli vatani hisoblanadi. SHu bois Prezidentimiz tomonidan Qo'qonda zamonaviy stadion qurish bo'yicha alohida topshiriq berildi va stadion barpo etilishini Farg'ona viloyati hokimligi o'z zimmasiga oladi. Qarorga ko'ra, bundan buyon Olimpiya sport zaxiralari kollejlarida futbol bo'lmaydi va endilikda futbolga qiziquvchilar biz yuqorida aytib o'tgan akademiyada tahsil olishadi.

Malum bo'lishicha, viloyatlarda tashkil etiladigan akademiyalarda xorijlik murabbiylarning kelib tahsil berishi kutilmoqda. Esingizda bo'lsa, qish oylarida yurtimizga bolalar futboli bo'yicha mutaxassislar kelib ketgandi. Ular vaziyatni o'rganib o'z fikrlarini O'FAga bildirishdi.

O'lkamizga yaxshi saviyadagi chet ellik murabbiylar qancha ko'p kelsa, shuncha yaxshi. Bu futbolimiz rivojiga xizmat qilishini unutmaylik. Agar qarorga ko'ra xorijlik murabbiy O'zbekistonga kelib ish haqidan kam foiz daromad solig'i to'lab ishlaydigan bo'lsa, bu yanada qulaylik keltiradi va ko'plab chet elliklarning kelishiga sabab bo'ladi.

X.Xoliqov

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика