So’nggi yangiliklar

00:50"Атлетико" жазоланди  1 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   0 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  0 00:00ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва бошқа ўйинлардан онлайн ҳисоб  3 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  13 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9 21:30"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  6 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  174 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   14 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  3

Prevyu. “Qo'qon-1912” - “Oq-tepa” Yangiliklar

Prevyu. “Qo'qon-1912” - “Oq-tepa”

Ertaga “Oq-tepa” O'zbekiston Birinchiligining qoldirilgan uchrashuvida “Qo'qon-1912” mehmoni bo'ladi.
“Oq-tepa” shu kunga qadar “Qo'qon-1912” jamoasi bilan O'zbekiston birinchiligi bahslarida etti marta to'qnash kelgan. Uchrashuvlarning barchasida maydon egalari g'alaba nashidasini surgan. 2006 yilgi mavsumning 14-turidan o'rin olgan bellashuvda “Oq-tepa” mehmonlarni 2:1 hisobida mag'lub etgan. Dastlab Niyozaliev 6-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, oradan etti haqida o'tib, Inog'omov o'rtadagi vaziyatni tenglashtirgan. Lekin jamoamizning eng sodiq o'yinchisi Zokir Mirzaahmedov 86-daqiqada g'alaba keltiruvni golning muallifiga aylangan. O'sha mavsumdagi ikkinchi o'yinda “Qo'qon-1912” jamoamizdan o'ziga xos “revansh” olishning uddasidan chiqqan edi – 3:1.

2012 yilgi bahslarda ham tomonlar bittadan g'alabaga erishishdi. Birinchi davrada Qo'qonda mehmon bo'lib yirik hisobda yutqazib qo'ygan bo'lsak, javob o'yinida yana Zokir Mirzaahmedov “Qo'qon-1912”ning “kushandasiga” aylandi va “Oq-tepa”ga uch ochko taqdim qilgan golga mualliflik qildi.

O'tgan yilgi bellashuvlar gollarga boy tarzda kechgan. Toshkentda futbolchilarimiz irodali g'alabaga erishgan bo'lsa, mehmonda yirik hisobda yutqazib qo'yishgan. O'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan ikki jamoa o'rtasidagi bu yilgi birinchi bahs ham qiziqarli o'tdi. “Oq-tepa” stadionida kechgan bellashuvda dastlab mehmonlar hisobni ochishgandi, ammo o'z irodalarini namoyish qilgan futbolchilarimiz yakunda g'alaba nashidasini surishdi – 2:1.

O'ZARO O'YINLAR
2006 YIL
“OQ-TEPA” – “QO'QON-1912” - 2:1 (1:1)
19 iyun. 14-tur. 500 tomoshabin.
Bosh hakam:
Viloyat Najafaliev (Toshkent).
Gollar: Alisher Niyozaliev, 6 - 1:0. Rahmat Inog'omov, 13 - 1:1. Zokir Mirzaahmedov, 86 - 2:1.

“QO'QON-1912” – “OQ-TEPA” - 3:1 (2:0)
28 avgust. 25-tur. 1500 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ali Marajabov (Andijon).
Gollar: Hayot Siddiqov, 26 - 1:0. Orif Mamajonov, 30 - 2:0. Bahodir Akramov, 62 - 3:0. Davron Nazarxonov, 74 - 3:1.

2012 YIL
“QO'QON-1912” – “OQ-TEPA” – 4:0 (2:0)
2 may. 8-tur. 4511 tomoshabin.
Bosh hakam:
Baxtiyor Yo'lcharaev (Guliston).
Gollar: Aziz To'xtaboev, 5 – 1:0. Muzaffar Qirg'izov, 13 – 2:0. Andrey Baklanov, 60-penaltidan – 3:0. Rahmat Meliboev, 78 – 4:0.

“OQ-TEPA” – “QO'QON-1912” – 1:0 (1:0)
7 iyun. 15-tur. 321 tomoshabin
Bosh hakam
: Murod Muhammedov (Toshkent viloyati).
Gol: Zokir Mirzaahmedov, 18-penaltidan – 1:0.

2013 YIL
“OQ-TEPA” – “QO'QON-1912” – 3:2 (0:2)
12 aprel. 3-tur. 183 tomoshabin.
Bosh hakam
: SHuhrat Bozorov (Namangan).
Gollar: Iskandar Alimboev, 31 – 0:1. Bahodir Akramov, 34 – 0:2. Vadim Nichunaev, 70 – 1:2. Xushnud Mamatov, 80 – 2:2. Xushnud Mamatov, 90+1 – 3:2.

20-tur. 30 iyun (yakshanba)
“QO'QON-1912” – “OQ-TEPA” – 4:1 (3:1)
30 iyun. 20-tur. 4916 tomoshabin.
Bosh hakam:
Akmal Rahimov (Andijon).
Gollar: Xislat Usmonov, 5 – 0:1. Aziz Madaliev, 16-penaltidan – 1:1. Aziz To'xtaboev, 26 – 2:1. R.Abduhamidov, 35 – 3:1. Ickandar Alimbaev, 66 – 4:1.

2014 YIL
O'zbekiston Birinchiligi. 9-tur
“OQ-TEPA” – “QO'QON-1912” – 2:1 (0:0)
15 may. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
Bosh hakam:
Vadim Agishev (Toshkent).
Qanot hakamlari: Akbar Po'latov (Toshkent), Ravshan Mahmudov (Toshkent viloyati).
Zaxira hakami: Anatoliy Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: SHamil Jumaev (Qarshi).
“Oq-tepa”: Asilbek Omonov, Doniyor Usmonov, Temur Turdiev, Nodir Teshaboev, Alisher SHog'ulomov (SHohruh Pirnazarov, 90+3), Nikita Pavlenko, Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich (Sergey Rekun, 51), Zafar Qoraqulov, Saidjon Topilov, Sergey Proxorov.
“Qo'qon-1912”: Andrey Baklanov, Aziz Madaliev, Xurshid Uzoqboev, Bahodir Akramov, Nodir Qo'ziboev (Otabek Haydarov, 64), Abdullajon Mirzaev, Umidjon Qodirov, Maruf Zokirjonov, Aziz To'xtaboev (Rahmatullo Meliboev, 90), Rustam Ashurmatov, Jalil Kimsanov.
Gollar: Umidjon Qodirov, 59 – 0:1. Sergey Rekun, 73 – 1:1. Nikita Pavlenko, 90 – 2:1.
Ogohlantirishlar: Jalil Kimsanov, 28. Temur Turdiev, 38. Xurshid Uzoqboev, 41. Doniyor Usmonov, 85. Nodir Teshaboev, 87.
CHetlatish: Xurshid Uzoqboev, 81.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика