So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. Qizilqum – Mashal Yangiliklar

Prevyu. Qizilqum – Mashal

Teglar :  QizilqumMashal
Muborakning "Mashal" klubi chempionatining ilk uchrashuvini safarda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

Qizilqum (Navoiy) – Mashal (Muborak)
5 mart 2016. Navoiy. "Yoshlar” sport majmuasi". 17:00
Hakamlar:  R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi:  A. Arutyunov (Toshkent).

Bu ikki klub oliy ligada 26 bora to'qnash kelishgan. Natijalar Muborak klubining ustunligini ko'rsatmoqda. Ushbu o'yinlardan 8tasida “Mashal” g'olib bo'lgan. 12 o'yin durang hisobida yakunlangan. Yana 6 uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan.

“Mashal” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 35ta gol kiritgan “Qizilqum” esa 31 bora “Mashal” posbonini ranjitgan. “Mashal” 36, “Qizilqum” 30 ochkoni qo'lga kiritishgan. “Mashal”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1 ni tashkil qiladi. Zarafshonlikning eng yirik g'alabasi esa – 6:3 bo'lib turibdi.

O'tgan yil dastlabki davrada Muborakda o'tgan bahsda durang qayd etilgan. Jamoalar har qancha harakat qilishsa ham raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi – 0:0. Navoiyda esa beshta gol urilgandi. Mezbonlardan Baxriddin Vahobov va Fayzullo Qambarov to'p kiritishgan, “Mashal”dan esa Ixtiyor Toshpo'latov, Jamshid Hasanov va Mikita Bukatkin o'z hisoblariga gol yozib qo'yishgandi – 2:3.  

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
16.10.2015 Qizilqum - Mashal 2:3
12.04.2014 Qizilqum - Mashal 0:0
17.08.2012 Qizilqum - Mashal 1:1
01.10.2011 Qizilqum - Mashal 0:1
14.08.2010 Qizilqum - Mashal 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : Bu jamoalarning “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan 13ta uchrashuvning 9tasi durang bilan tugagan. Bitta o'yinda “Qizilqum” g'alaba qozongan, yana uch uchrashuvda “Mashal” safardan uch ochko bilan qaytgan. Navoiy klubi bu jamoa bilan o'z uyidagi oxirgi 9ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика