Prevyu. "Metallurg" - "Obod"

Narzulla Saydullayev
16 apr 2016, 09:05
Oliy liganing 5-turida "Metallurg" klubi o'z uyida "Obod" bilan o'ynaydi.

Metallurg (Bekobod) – Obod (Toshkent)
16 aprel 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:30
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

“Metallurg” va “Obod” klublari birinchi bor oliy ligada to'qnash kelishadi. “Metallurg” klubi dastlabki 4ta turdan so'ng 9 ochko to'pladi. Birinchi turni o'z uyida “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazib 2:1 hisobida zafar quchgan Bekobod klubi so'ngra “Mashal” mehmoni bo'lib 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchinchi turda “Sho'rtan”ga qarshi bahsda 3:2 hisobida g'olib bo'lgan jamoa so'nggi turda “Olmaliq” mehmoni bo'lib 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

“Obod” dastlabki turni Qo'qonda o'tkazib 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi turni o'z uyida “Buxoro” bilan nursiz durang qayd etdi – 0:0. Keyin Qarshida “Nasaf” bilan bahsda 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. Nihoyat to'rtinchi turda Toshkent klubi oliy ligada dastlabki gollarini urishga erishdi. “Qizilqum”ga qarshi o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi.

Fakt: “Metallurg” bu mavsumda o'z uyidagi o'yinlarda maksimal ochko olgan. “Obod” bu yil safardagi bahslarda umuman gol ura olmagan va faqat mag'lub bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia