So’nggi yangiliklar

19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  1 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  0 17:23"Жайхун" — "Локомотив". Таркиблар маълум  1 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  2 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  18 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   17 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  6 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  27 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  3 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1

Prevyu. ”Cementchi” – “Yozyovon lochinlari” Yangiliklar

Prevyu. ”Cementchi” – “Yozyovon lochinlari”

O'zbekiston birinchiligining 28-turidan o'rin olgan ”Cementchi” – “Yozyovon lochinlari” uchrashuvi 25 sentyabr sanasida Quvasoyda “Cementchi” markaziy stadionida bo'lib o'tadi.

“Cementchi” shu kuni viloyatning yana bir jamoasi Yozyovonning “Yozyovon lochinlari” jamoasini qabul qiladi. Demak navbatdagi raqib “Yozyovon lochinlari” haqida!

“Yozyovon lochinlari” jamoasi “Cementchi” bilan bir vaqtda 2013 yildan boshlab 2-liga bahslarida ishtirok eta boshladi.

“Yozyovon lochinlari” va “Cementchi” 2014 yil pulka bahslariga etib kelishdi va ushbu o'yinlarda jamoa bilan birgalikda g'olib chiqishib Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. Har ikkala jamoa bir vaqtda yani 2015 yildan 1 ligada ishtirok eta boshladilar.

“Yozyovon lochinlari” jamoasi shu kungacha 22 ta uchrashuvda maydonga tushib 7 ta g'alaba 3 ta durang va 12 bor mag'lubiyatga uchragan. Raqiblar darvozalariga 40 ta to'p urib o'z darvozalaridan 56 ta to'p o'tkazib yuborishgan. To'plar nisbati -16. Turnir jadvalida esa 23 ochko to'plab, 13-pog'onani egallab turibdi.

"Cementchi "esa shu kungacha 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta durang, 4 ta mag'lubiyat va 15 ta g'alaba bilan raqiblar darvozasini 36 marta ishg'ol etib, o'z darvozalaridan 14 ta to'p o'tkazib yuborishgan. To'plar nisbati + 22. Musobaqa jadvalida 48 ochko to'plagan holda hozircha 3-pog'onani egallab turibdi.

“Yozyovon lochinlari” va “Cementchi” shu kungacha 7 marta to'qnash kelishgan. Ushbu bahslarning 2 tasida jamoadoshlarimizning qo'li baland kelgan bo'lsa, yozyovonliklar 4 bor ustun kelishgan. Bir uchrashuvda durrang qayd etilgan. “Cementchi” Yozyovonliklar darvozasiga 8 ta to'p kiritgan bo'lishsa mexmonlarimiz esa bizning  “Cementchi” darvozasini 16 bor ishg'ol qilishgan.

Demak o'zaro ustunlik “Yozyovon lochinlari” jamoasi tarafda.

Marhamat o'tgan uchrashuvlar bilan tanishishingiz mumkin.
2013 YIL. 9 OKTYABR
Ikkinchi liga
“Cementchi” - “Yozyovon lochinlari” 0-4

2014 YIL. 24 IYUL
O'zbekiston kubogi
“Cementchi” - “Yozyovon lochinlari” 2-1
Gollar: 
Qosimov Mamur, Qurbonov Ziyod

2014 YIL. 27 IYUL
O'zbekiston kubogi baxsi doirasida
“Yozyovon lochinlari” -  “Cementchi”  3-1

2014 YIL. 30 sentyabr
Ikkinchi liga
“Cementchi” - “Yozyovon lochinlari” 1-4

2015 YIL. 5 APREL
Birinchi liga SHARQ mintaqasi
 “Cementchi” - “Yozyovon lochinlari” 1-1

Gol; Dilshod Eminov

2015 YIL  11 IYUL
Birinchi liga SHARQ mintaqasi
“Yozyovon lochinlari” -  “Cementchi”  2-1

2016 YIL 15 MAY
Birinchi liga 9-tur
“Yozyovon lochinlari” -  “Cementchi”  1-2
GOLLAR:
Sardor Sotvoldiev, Nurlibek Talasboev

25 sentyabr yakshanba soat 16:00da boshlanadigan ushbu qiziqarli viloyat derbisiga barcha ishqibozlarni taklif etamiz! Jamoalarga esa omad tilaymiz!

“Cementchi” matbuot xizmati
Zuxriddin Abdullajonov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика