So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Prevyu. Babayan va Abramov to'qnashuvi yoxud "Dinamo" o'z tarixida hech qachon Namangandan g'alaba bilan qaytmagan Yangiliklar

Prevyu. Babayan va Abramov to'qnashuvi yoxud "Dinamo" o'z tarixida hech qachon Namangandan g'alaba bilan qaytmagan

Bugun Namanganda 2024 yilgi Superliganing dastlabki o'yini bo'lib o'tadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi "lochinlar" Vadim Abramov boshchiligidagi "yo'lbarslar"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

"Navbahor" va "Dinamo" klublari hozirga qadar 50ta o'yin o'tkazishgan. 28ta uchrashuvda "lochinlar" zafar quchishgan. 13ta bahsda samarqandliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan 9ta uchrashuvda durang kuzatilgan. O'zaro o'yinlardagi to'plar farqi "Navbahor" foydasiga 88:43.

"Dinamo" o'z tarixida hech qachon Namangandan g'alaba bilan qaytmagan. "Navbahor" o'z uyida 19 marta zafar quchgan, 6 marta durang qayd etilgan. Samarqand klubi so'nggi bor 2014 yilda Namangandan ochko bilan qaytgan, shundan keyin "Navbahor"ga qarshi kechgan 4ta safar uchrashuvining barchasida "Dinamo" mag'lub bo'lgan.


"Navbahor" yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rdi: klub OCHLni tark etdi, lekin terma jamoa futbolchilari bilan kuchaydi (mutolaa uchun)         



Namanganda o'tgan oxirgi 5ta o'yin
09.10.2022 "Navbahor" – "Dinamo" 2:0
01.10.2019 "Navbahor" – "Dinamo" 1:0
26.08.2017 "Navbahor" – "Dinamo" 1:0
25.04.2015 "Navbahor" – "Dinamo" 2:1
07.11.2014 "Navbahor" – "Dinamo" 2:2

Hakamlar
O'yinni Rahimbek Karimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. O'tgan mavsum Karimov "Navbahor"ning 3ta o'yinida bosh hakam bo'lgan. Namangan klubi 2ta uchrashuvda g'alaba qozongan va 1ta bahsda yutqazgan. Ushbu hakam 2023 yil "Dinamo"ning bitta o'yinida ishladi va o'sha bahsda durang qayd etilgandi.

"NAVBAHOR" - "DINAMO"
1 mart 2024 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 18:30
Bosh hakam:
Rahimbek Karimov
Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin va Andrey Capenko
To'rtinchi hakam: Xushnud Suyunboev
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Aleksandr Sidorov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Diyor Xotamqulov.

Taxminiy tarkiblar:
"Navbahor":
O'tkir Yusupov, Odil Hamrobekov, Jamshid Iskanderov, Ruslan Jiyanov, Filip Ivanovich, Jamshid Boltaboev, Abror Ismoilov, Yovan Jokich, Farruh Sayfiev, Asadbek Sobirjonov, Toma Tabatadze.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Artyom Sokol, Odilbek Abdumajidov, Vladimir Kozak, Francis Narx, Ratino, Sanjar SHoahmedov, Hislat Halilov, Farruh Ikromov, Joel Kojo.


"Dinamo" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: o'z maydonida o'ynamaydigan jamoa naq 19 ta o'rtoqlik o'yinida qatnashdi, Gana va Braziliyadan legionerlar olib keldi        




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика