So’nggi yangiliklar

03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  12 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  3 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  1 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  14 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  1 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  2 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4 20:4239 ёшли Модрич яна бир йил "Реал"да қолмоқчи  12 20:25Назорат ўйини. "Насаф" Грузия жамоасига 4та гол урди  18 20:16Ўртоқлик ўйини. "Сўғдиёна" Черногория жамоаси билан дуранг ўйнади  2

Premer-liganing SHon-sharaf zali haqida Yangiliklar

Premer-liganing SHon-sharaf zali haqida

Har kuni Premer-liganing SHon-sharaf zali haqida qaynoq yangiliklardan boxabarmiz, ushbu maskan ingliz futboli afsonalari bilan to'ldiriladi.

O'ylaymanki, ko'pchilik muxlislar zal ishtirokchilarini tanlash qanday bo'lganligi va ular uchun mezon mavjudmi yoki yo'qmi deb hayron bo'lishsa kerak..

Keling, hamma narsa haqida bir tartibda gaplashaylik.

Bir yil oldin ixtiro qilingan, yaqinda elon qilingan

Premer-liganing SHon-sharaf zali 2021 yilda tashkil etilgan bo'lib, u Angliya Premer-ligasida o'ynagan taniqli futbolchilarga bag'ishlangan. Zalga faoliyatini 2020 yil 1 avgustga qadar yakunlagan futbolchilargina kiritiladi.

Malum bo'lishicha, tashkilotchilar bu loyihani bir yil avval o'ylab topishgan va elon qilishgan – 2020 yil fevral oyining oxirida Sky Sports  bu haqda Twitterda elon qilgan. SHuningdek, malumotlarga ko'ra, o'sha yil 19 mart kuni SHon-sharaf zalining dastlabki ikki azosi elon qilinishi kerak edi. Ammo kutilgan voqea bir yildan ko'proq vaqtga kechiktirildi.

Tanlov uchun asosiy mezonlar

Premer-liga rahbariyati futbolchining tanlanganlar ro'yxatiga kirishi mumkin bo'lgan mezonlarni ilgari surdi. Asosiy qoida shundan iboratki, 1992 yil Premer-liga qayta tashkil etilgandan keyin maydonda tup tepgan futbolchilar SHon-sharaf zaliga qabul qilinadi.

SHon-sharaf zaliga tanlovning asosiy mezonlari:

– karerasini 2020 yil 1 avgustgacha yakunlagan bo'lishi;

– Premer-ligada kamida 250 ta o'yin o'tkazgan bo'lishi;

– bir klub uchun Premer-ligada kamida 200 ta o'yin o'tkazgan bo'lishi;

– “Oltin butsa” yoki “Oltin qo'lqop” sovrinini qo'lga kiritgan bo'lishi;

– mavsumning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan bo'lishi;

– o'n yillik yoki boshqa yubiley ramziy jamoalariga kirgan bo'lishi;

– kamida uch bor Angliya chempionligini qo'lga kiritgan bo'lishi;

– 100 ta gol urgan yoki 100 ta quruq o'yin o'tkazgan (darvozabonlarga tegishli) bo'lishi kerak.

Dastlab Anri o'rniga Giggz kiritilishi kerak edi

SHirer va Anri darhol elon qilindi, ammo The Mirror jurnalisti Jon Krossning so'zlariga ko'ra, Rayan Giggz Anri o'rniga SHon-sharaf zaliga kiritilishi kerak edi. Ikki ayolga jinsiy tajovvuz qilgani haqidagi xabar tufayli Giggz o'rnini Terri Anri egalladi.

SHirer va Anri darhol elon qilindi, zalning yana olti azosi 23 nomzod orasidan muxlislar tomonidan aniqlandi.

Ayni paytda SHon-sharaf zalining barcha azolari:

Alan SHirer (441  uchrashuv, 260 gol, 64  golli pas, 1 titul, 3 oltin butsa)

Terri Anri (258 o'yin, 175 gol, 74 golli pas, 2 titul, 4 butsalar)

Erik Kantona (156 o'yin, 70 gol, 56 golli pas, 4 titul)

Roy Kin (366 o'yin, 39 gol, 33 golli pas, 7 titul)

Frenk Lempard (609 o'yin, 177 gol, 102 golli pas, 3 titul)

Dennis Bergkamp (315 o'yin, 87 gol, 94 golli pas, 3 titul)

Stiven Jerrard (504 ta o'yin, 120 gol, 92 ta golli pas)

Devid Bekxem (265 o'yin, 62 gol, 80 golli pas, 6 titul)

Angliya Premer-ligasining SHon-sharaf zaliga yangi futbolchilarni kiritish kelgusi yil amalga oshiriladi.

Oqilbek Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика