Rasman: "Arsenal" yosh futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
26 iyu 17:50
Yangiliklar


Rasman: "Arsenal" yosh futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Arsenal" o'zining rasmiy saytida chap qanot himoyachisi Maylz Lyuis-Skelli bilan shartnoma uzaytirilgani haqida elon qildi.
O'tgan mavsum kashfiyotiga aylangan Lyuis-Skelli "kanonirlar"ning asosiy jamoasida 39 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgandi.
"Arsenal" matbuot xizmati 18 yoshli futbolchi Lyuis-Skellining yangi shartnoma muddatini oshkor qilmadi. Bu "kanonirlar" uchun odatiy amaliyot. Matbuotda aytilishicha, mehnat shartnomasi besh mavsumga – 2030 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
"Arsenal" o'tgan yili Angliya chempionatida 2-o'rinni egallagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar