So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Premer-liga to'plarining evolyuciyasi: 24 yillik tarix Yangiliklar

Premer-liga to'plarining evolyuciyasi: 24 yillik tarix

Angliya chempionati 1992-93 mavsumdan boshlab - Premer-liga deb atala boshlagan.

24 yil ichida bu liga katta o'zgarishlarga yuz tutdi. Premer-liganing yangi mavsumini ko'pchilik sabrsizlik bilan kutmoqda. Pol Pogba, Leroy Sane va Granit Jaka ushbu chempionatning yangi yulduzlariga aylanishi mumkin.

Bir oy avval Nike kompaniyasi Premer-liganing navbatdagi mavsumida foydalaniladigan yangi to'pni taqdim etdi.



Etiboringizga Premer-liga to'plarining 24 yillik evolyuciyasi haqidagi maqolani taqdim etamiz.


1992-95: Mitre Pro Max

Premer-liganing ilk mavsumlarida Mitre to'plaridan foydalanilgan. CHempionatdagi ilk golni "SHeffild Yunayted" hujumchisi Brayan Din "Bramal Leyn"da o'tgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda urgan.



1995-2000: Mitre Ultimax

"Pro Max"da o'tgan 3 mavsumdan so'ng, Mitre 1995 yilda "ULTIMAX" to'pini taqdim etdi.

Bu to'p yarim o'n yillik davomida ishlatildi va Premer-liga tarixidagi eng ko'p foydalanilgan to'pga aylandi.

"Manchester Yunayted" yangi to'p qo'llanila boshlangan ilk mavsumda chempionlikni qaytarib oldi. Avvalgi chempionatda "Blekbern Rovers" g'olib bo'lgan edi.


Les Ferdinand Mitre ULTIMAX to'pi bilan "Nyukasl" safida "Blekbern" darvozasiga gol urmoqda (1995)



Mitre Ultimax Premer-liga tarixidagi eng ko'p foydalanilgan to'pga aylandi

2000 yilda "Vest Xem" futbolchisi Paolo Di Kanio "Uimbldon"ga qarshi uchrashuvda urgan goli, eng mashhur gollardan hisoblanadi.

Ser Aleks Fergyuson qo'l ostidagi MYU 1998-99 mavsumdan boshlab ketma-ket uch marotaba liga chempioniga aylandi va Premer-liga tarixidagi ilk treblga ega bo'ldi. 




"Arsenal" hujumchisi Ian Rayt ULTIMAX to'piga zarba bermoqda


2000-04: Nike Geo Merlin

Premer-liga 21 asrda "Mitre"dan voz kechdi va Nike kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi.

Geo Merlin dizayni klassik ko'rinishda edi.


Premer-liga yangi ming yillikda "Mitre"dan voz kechib, "Nike"ga o'tdi



Yon Arne Riise "Liverpul" safida Nike Geo Merlin to'pga bilan akrobatik zarba bermoqda


O'sha paytda Dennis Bergkamp, Teddi SHeringemga taqlid qilgan bolakaylar aynan Nike to'plarida futbolchilarning gollarini takrorlashga urinishar edi.

Les Ferdinand Premer-liga tarixidagi 10.000 golni Geo Merlin to'pida urgan.


O'sha paytda Geo Merlin eng mashhur futbol to'plaridan biri edi


2004-08: Nike T90 Aerow

T90 Aerow Premer-liganing porlagan yillariga o'xshaydi, ko'k aylana tufayli u oddiy to'plardan farq qilardi.

Aerow to'rt yil ichida biroz o'zgardi, ammo o'sha yillarda "CHelsi" Premer-ligadagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi.

To'pga yaxshilab etibor bersangiz, Anrining urgan gollari yodingizga tushadi. Terri Anri "Arsenal" chempion bo'lishidan bir yil oldin 25 ta, "to'pchilar" chempionat g'olibiga aylanganda esa 27 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.




Fil Nevill va Din Uaytxed to'p uchun kurash olib borishmoqda (2006)


2008-09: Nike T90 Omni

Texnologiya rivojlanayotgan bir paytda, Premer-liga 2008 yildan boshlab T90 Omni to'plaridan foydalana boshlaydi.

O'sha paytda Nike bu to'pni eng yaxshi aylanaga ega va hujumchilar gol urishda to'pni yaxshiroq his qilishini aytgan.

Qora chiziqlarga ega oq dizaynli to'p oddiy ko'rinardi, ammo juda mashhur edi.


"Aston Villa" futbolchisi Jeyms Milner Nike T90 Omni to'piga zarba bermoqda



El-Hoji Diuf va Maynor Figeroa to'p uchun kurashmoqda (2009)


2009-10: Nike T90 Ascente

T90 Ascente o'zining ajdodi hisoblangan Omni to'piga o'xshardi, ammo Nike yangi mahsulot ko'rinishini biroz o'zgartirdi.

"T90 Ascente"ning sariq turi o'sha paytlarda juda mashhur edi va Angliya Premer-ligasidagi noqulay ob-havo hukm surgan uchrashuvlarda ko'p foydalanilgan. Bu to'p maysada avvalgilaridan uzoqroqqa borardi.



Bu to'p foydalanilgan ilk mavsumda "CHelsi" chempion bo'lgan. Hujumchi Dide Drogba Karlo Anchelotti qo'l ostida 30 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


2010-11: Nike T90 Tracer

Nike har mavsum uchun yangi to'p ishlab chiqarishni boshladi va Tracer nomli oq, qora va ko'k rangda ishlangan to'p Premer-liga tarixidagi eng yaxshilaridan biri edi.

O'sha mavsumda "Manchester Yunayted" amaldagi chempionlarni ortda qoldirib, Angliya chempionati g'olibiga aylandi.


Jeymi Karrager Tracer to'pi uchun Drogba bilan kurashmoqda



Endryu Jonson darvoza tomon zarba bermoqda


2011-12: Nike Seitiro

2012 yilning may oyida dramatik uchrashuvdan so'ng, "Manchester Siti" sardori Vensan Kompani boshi uzra Premer-liga sovrinini ko'tardi.

"Siti" Seitiro to'pi bilan KPRni 3:2 hisobida mag'lub etadi. Serxio Agueroning so'nggi daqiqalardagi goli "shaharliklar"ga chempionatning bosh sovrinini taqdim etadi. O'sha mavsumda Robin van Persi "Manchester Yunayted" safiga o'tadi.




Serxio Aguero KPR futbolchilariga qarshi


2012-13: Nike Maxim

Nike yangi mavsum boshlanishidan oldin Maxim to'plarini taqdim etdi va unda zarbalar kuchli va aniq bo'lishini elon qildi.

"Manchester Yunayted"ga o'tgan Robin van Persi o'sha mavsumda ko'plab chiroyli gollarga mualliflik qiladi.




"Manchester Yunayted" himoyachisi Patrvis Evra Nike Maxim to'pi bilan


2013-14: Nike Incyte

Seitiro va Maxim ajoyib loyihalar edi, Incyte o'zining ajoyib dizayni bilan bu ananani davom ettirdi.

Bu to'p bilan Luis Suares 31 ta gol uradi, ammo "Liverpul" mavsumni birinchi o'rinda yakunlay olmaydi.


"Aston Villa" darvozabonlar murabbiyi Terri Jeno Nike Incyte to'plari bilan



Luis Suares Deniel Starrijning golini nishonlamoqda (2014)


2014-15: Nike Ordem 2

Nike ishlab chiqargan Ordem to'plarining birinchi nusxasi borasidagi savollar javobsiz qolgan.

Nike bu to'plarni ishlab chiqarishda, ko'k, yashil laym, sariq va olov ranglardan foydalangan.



2015-16: Nike Ordem 3

Nike Premer-liganing so'nggi mavsumida bor-kuchini ko'rsata oldi.

Yangi multi-panellik dizayn 10 yil avval ishlab chiqarilgan "aka"siga umuman o'xshamasdi.

Klaudio Ranerining "Lester" klubi pushti rangli to'plar bilan Angliya chempioniga aylanib, futbol tarixidagi eng katta syurprizlardan ro'yxatiga qo'shilishdi.



Kris Smolling Jordan Ayu bilan Nike Ordem 3 to'pi uchun kurashmoqda




2016-17: Nike Ordem 4 

Nike Ordem 4 to'pi rang borasida avvalgisidan farq qiladi. Bu to'pda ko'k, yashil va siyox ranglardan foydalanilgan.

Nike ushbu to'pda "Flow Motion" dizayni qoidalarini qo'llagan. Yani o'yin paytida bu to'p to'liq ko'rinib turadi.

Darvozabonlar bu to'p borasida etiroz bildirishni boshlab yuborishgan. "Byornli" posboni Tom Xitonning so'zlariga ko'ra, bu to'pni boshqarishning iloji yo'q va uni qaytarish juda qiyin.




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика