Portugaliya TJ ustozi Ronalduning sog'lig'i bo'yicha malumot berdi
10 noy 2020 19:55
Yangiliklar
Portugaliya TJ ustozi Ronalduning sog'lig'i bo'yicha malumot berdi
“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionati doirasida o'tgan “Lacio”ga (1:1) qarshi bahsda jarohat olib, zaxiraga olingandi.
Portugaliya termasi ustozi Fernandu Santush Ronalduning holati haqida gapirdi.
“Ronaldu maydonda ishladi. Yo'q, u mashg'ulotlarni to'liq o'tkazdi, bu biroz boshqacharoq. U yakshanba kuniyoq hech qanday muammo yo'qligini bilganidan keyin shikoyat ham qilmadi.
Ronaldu uch uchrashuvning har birida o'ynashga tayyor holarda”, deydi Santush.
Portugallar 11 noyabrda Andorra bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Keyin esa Millatlar Ligasi doirasida Franciya (14 noyabr) hamda Xorvatiyaga (17) qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar