"Portu" JCHdan so'ng Taremiga yangi shartnoma taklif qiladi
22 noy 2022 20:01
Yangiliklar


"Portu" JCHdan so'ng Taremiga yangi shartnoma taklif qiladi
Angliya termasiga 2 ta gol urgan Mehdi Taremi mundialdan so'ng jamoasi bilan yangi bitimga imzo chekadi.
Portugaliya klubi jamoa bilan turli musobaqalarda jami 18 ta o'yinda 11 ta gol urib, 7 ta assist qayd etgan eronlik hujumchi Mehdi Taremiga boshqa klublardan bo'layotgan qiziqishlardan xabari bor va uning tarkibda qolishini kafolatlab qo'yish uchun u bilan kelishuv yangi shartnoma bilan mustahkamlanadi.
Futbolchi dushanba kuni Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatida Angliyaga qarshi bahsda (2:6) raqib darvozasini ikki bor ishg'ol etdi. Uning klub bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan bitimi bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar