"So'g'diyona"da sinovli sahifalar starti - Ivan Boshkovichni oldinda nimalar kutyapti? U yozda jamoani kuchaytira oldimi? Yangiliklar

"So'g'diyona"da sinovli sahifalar starti - Ivan Boshkovichni oldinda nimalar kutyapti? U yozda jamoani kuchaytira oldimi?

Birinchi davrada kutilmalarni oqlamagan "So'g'diyona" ikkinchi davra oldidan tarkibini sezilarli kuchaytirdi. Endilikda jamoa o'zi uchun kerakli ochkolarni jamg'arishi talab etiladi.

Ko'rayotgan bo'lsangiz "So'g'diyona"ning o'yinida sekin astalik bilan ijobiylik ko'zga tashlana boshladi. Bunga esa bir nechta omillar turtki bo'lyapti. Quyida ularni ko'rib chiqamiz va tahlil qilishga harakat qilamiz.

Qishda ketgan Yovovichning poziciyasi yozda Jasur Jaloliddinov bilan to'ldirildi. Endi jamoaning o'yinini oldinga to'g'ri yo'naltirib beradigan, hujumlarni keskinlashtiradigan ijrochi yarim himoyachi bor.  Aynan Jasur "So'g'diyona" yarim himoyasida muhim figura bo'lib xizmat qiladi, kreativlik evaziga hujumlarni yanada keskin tus oldirishiga turtki bo'ladi. Biz etibordan chetda qoldirgan Jaloliddinov bu orqali yana o'zining kuchli tomonlarini ko'rsata oladi. 

Buning hisobiga Lyupche Doriev oldinda xotirjam o'z ishini qila olishi mumkin, chunki orqada unga sherik keldi. Yovovich o'ynaydigan erkin nuqtada birinchi davrada hech kim yo'q edi. Bundan tashqari Rubin Xebay ham yani yakunlovchi toza 16 lik ichida o'ynaydigan forvard olindi.  Xebay 3 ta o'yinda 2 ta gol urdi, start chakki emas. 

Mudofaa chizig'i mustahkamlandi. Birinchi davrada jamoa ko'p gol o'tkazdi. Orqa chiziqda Qobilov, Jo'raboev, Ivanovich, Rahmonov bor. Raqobat shakllandi. Qobilov "Mashal" bilan o'yinda o'ng qanotga joylashdi. Zoir Jo'raboev chap qanotda. Qizig'i ikki golga ikki qanot himoyachilari bugun assistentlik qilishdi. Boshkovichning bu poziciyadan ko'ngli to'lishi aniq. Endilikda markazda Rahmonov va Ivanovich to'ldirilishi orqali qolgan markaziy mudofaachilardan qanotlarda ko'proq foydalanish imkoniyati paydo bo'ldi. 

Birinchi davrada juda ko'p ochkolar yo'qotildi. Jamoa 17-turdan so'ng 12-o'rinda ketmoqda, hisobida 17 ochko bor. Natija tomonlama "So'g'diyona"da nazariy imkoniyatlar bor yuqoriga ko'tarilish uchun. Lekin ko'ryapsizki qolganlar ham kurashmoqda. Urushda hech kim osonlikcha oq bayroqni ko'tarmaydi. "So'g'diyona"ga oson bo'lmaydi. Qishki selekciya natijalariga ko'ra asosiy figura hujumda Jon Igbaruma bo'lishi kutilgandi. U esa jarohat olib safdan chiqdi va "So'g'diyona"da qolmaydigan bo'ldi. Natijada asosiy yuk Dorievni o'ziga qolib ketdi. Yozda yaxshi selekciya bo'ldi.

Endilikda Jizzax jamoasini ketma-ket yuqoridagi jamoalarga qarshi o'yinlar kutmoqda. Chilla endi boshlanadi. 

15 avgust. "Paxtakor" - "So'g'diyona"

20 avgust. "So'g'diyona" - "Dinamo"

25 avgust. "So'g'diyona" - "Navbahor"

12 sentyabr. "So'g'diyona" - OKMK

Reyting: +4   

Fikrlar

   
12 avg 18:55:12
Salox..
Tarkib ancha kuchaydi, endi yaxshi natija boʻlib qolar
   
12 avg 15:06:06
Бахтиёр Ашуров
Сўғдиёна бунгачаям яхши ўйнаб келиятувди. Фақат найзани учи ўтмасроқ эди!
   
12 avg 15:01:38
БЕК@
Бу мақола нима учун тайёрланди. Нимага шаъма. Бақоевга боғлиқ жиҳати йўқми?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика