"Portu" bosh murabbiyi: "Gvardiola bizning mamlakat haqida yomon so'zlar gapirdi"
23 okt 2020 17:30
Yangiliklar


"Portu" bosh murabbiyi: "Gvardiola bizning mamlakat haqida yomon so'zlar gapirdi"
"Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau CHempionlar Ligasi doirasidagi harakatlari uchun "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolani tanqid qildi.
"SHaharliklar" bu o'yinda Portugaliya chempionlari ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Mening Gvardioladan o'rganadigan narsalarim ko'p, ayniqsa hakamlarga bosim o'tkazishda va raqib o'yinchilari bilan gaplashishda. U fantastik namuna. Men buni o'rganishim kerak. Biz ular bilan taqqoslasak angel bo'lamiz. Ammo Gvardiola yomon so'zlarni ishlatgan holda bizning davlatimiz haqida gapirdi. Xosep bilan munosabat juda ham yoqimsiz bo'ldi", - deydi mutaxassis.
"Portu" CHLning keyingi turida "Olimpiakos"ni qabul qiladi, "Manchester Siti" esa mehmonda "Marsel" bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar