Polshaning "Necechi" darvozaboni 93-daqiqada gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi (video)
26 apr 2016 11:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206104_original.jpg)
![](/upload/storage/206104_220.jpg)
Polshaning "Necechi" darvozaboni 93-daqiqada gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi (video)
"Visla" va "Necechi" klublari o'rtasida Polsha oliy ligasida qolish uchun bahs o'tkazildi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida hisob 1:1 edi. 91-daqiqada "Visla" yarim himoyachisi Vild-Donald Gurre gol urdi va o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 2 daqiqa o'tib "Necechi" posboni Sebastyan Novak burchakdan etkazib berilgan to'pni darvozaga aniq yo'llab, jamoasiga durang taqdim etdi.
Polsha chempionatida qolish uchun bo'lgan turnirda "Visla" birinchi o'rinni, "Nececha" esa to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Polsha - Ekstraklassa. 3-tur
"Visla" Kr (Krakov) – "Nececha" (Nececha) – 2:2
Gollar: Popovich, 57 (1:0, pen); Kendziora, 70 (1:1); Gurre, 90+1 (2:1); Novak, 90+3 (2:2).
Ogohlantirishlar: Popovich, 33; Yovich, 38; Sadlok, 63; Volski, 69; Malecki, 82 – Plizga, 85.
TAS-IX emas
Videoni Telegramdagi rasmiy kanalimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar