Emeri: "Reshford nega "Manchester Yunayted"ni tark etgani meni qiziqtirmaydi"
08 fev 16:45
Yangiliklar


Emeri: "Reshford nega "Manchester Yunayted"ni tark etgani meni qiziqtirmaydi"
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining yangi futbolchisi, hujumchi Markus Reshfordni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
"U katta salohiyatga ega va yaxshi shug'ullanmoqda. Reshfordning "Manchester Yunayted"ni tark etishi sababi meni bezovta qilmaydi. Tarkibimizda shunday o'yinchi borligidan xursandman", – dedi Emeri.
Eslatib o'tamiz, Reshford MYUni qishki transfer oynasida tark etdi. Ruben Amorim jamoasida u qaydnomaga kiritilmay qo'ygandi.
"Aston Villa" Premer-liga joriy mavsumida CHempionlar Ligasi hududiga kirish uchun kurashmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar