"Real" TV: "VAR bo'yicha "Real"ning natijasi -27, "Barselona" va "Atletiko" "plyus"da"
08 fev 13:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814143_original.jpg)
![](/upload/storage/814143_220.jpg)
"Real" TV: "VAR bo'yicha "Real"ning natijasi -27, "Barselona" va "Atletiko" "plyus"da"
"Real" TVda hakamlar tanqid qilingan navbatdagi video chiqdi. Unda VAR tizimi ishga solinganidan beri (2018 yil) "Real" qarorlardan eng ko'p aziyat chekkan jamoaligi aytilgan.
"Real" TV malumotlariga ko'ra, Ispaniyada VAR joriy qilinganidan beri 109 marta videoassistentga murojaat qilingan. Ushbu murojaatlarning 41tasi "Qirollik klubi" foydasiga, 68tasi esa zarariga ishlagan.
"Real"ning VAR qarorlari bo'yicha balansi -27 ekanligi aytilgan.
"Qaymoqranglilar"ning asosiy raqiblari - "Barselona" va "Atletiko"da esa balans "plyus"da. +4 va +9.
Rolikda VAR orqali gollari eng ko'p bekor qilingan jamoa "Real" ekanligi aytilgan (32ta). Keyingi o'rinlarda "Sevilya" (19) va "Atletiko" (17).
"Bu hakamlik tizimi ispan futboli obro'siga putur etkazishda davom etmoqda" - deyiladi videoda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar
LFP- Liga del Florentino Peres.