Legionerlarimizga atalgan kun. Bugun Husanov, G'aniev, Erkinov, Turg'unboev jamoalari o'ynaydi
08 fev 10:57
Yangiliklar
Legionerlarimizga atalgan kun. Bugun Husanov, G'aniev, Erkinov, Turg'unboev jamoalari o'ynaydi
Leyton Orient |
FA Cup . 4-tur 08/02/2025, 17:15 -
:
-
Boshlanmadi
|
Manchester City |
Stadion: Gaughan Group Stadium
- Abduqodir Husanov to'p tepayotgan "Manchester Siti" Angliya kubogida "Leyton" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:15 da boshlanadi. Hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi faqat APL doirasida "CHelsi"ga qarshi maydonga tushdi.
- BAA Pro ligasining 15-turida Aziz G'aniev harakat qiladigan "Al Bateh" mehmonda "Al Ayn"ga qarshi saf tortadi. Malumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida mezbonlar 5-o'rinda ketayotgan bo'lsa, "Al Bateh" 12-pog'onani egallab turibdi. Ushbu bellashuv 18:20da start oladi.
- Amirliklar chempionatida bugun Hojimat Erkinov o'ynaydigan "Al Vahda" o'z maydonida "Xorfakkan"ni qabul qiladi. "Al Vahda" jadvalda oltinchi, uning raqibi esa o'ninchi o'rinda ketmoqda. Bu o'yin 21:00da bo'lib o'tadi.
Sivasspor |
Super Lig . 23-tur 08/02/2025, 21:00 -
:
-
Boshlanmadi
|
Besiktas |
Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi
- Turkiya Superligasining 23-turida Aziz Turg'unboev to'p tepadigan "Sivasspor" "Beshiktosh"ni mehmon qiladi. Jamoalar o'rtasidagi qarama-qarshilikni 21:00dan boshlab kuzatishingiz mumkin.
Fikrlar