"Lester" ustozi Nistelroy: "Bu Fergi-taym emas, ofsayd taym"
08 fev 2025 13:28
Yangiliklar
"Lester" ustozi Nistelroy: "Bu Fergi-taym emas, ofsayd taym"
"Lester Siti" ustozi Rud van Nistelroyning takidlashicha, "Manchester Yunayted" g'alaba golini ofsayddan urgan.
Angliya Kubogining 4-raundida MYU "Lester"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. "Qizil iblislar"ning g'alaba goli 93 daqiqada Xarri Maguayr tomonidan urildi. Gol bo'lgan vaziyatda Maguayr ofsaydda edi, hakam buni payqamay qoldi, musobaqaning ushbu bosqichida esa VAR tizimi qo'llanilmaydi.
"Bizni Fergi-taym bilan emas, ofsayd taym bilan mag'lub etishdi.
Xafsalamiz pir bo'ldi. O'yinga butun hafta davomida tayyorlanasan, "Everton"dan uchralgan mag'lubiyatdan to'g'ri xulosalar chiqarasan va shunday o'yin namoyish etasan, ammo hammasi ochiq-oydin xato tufayli hal bo'lib ketadi - bu darajada ushbu voqeani hazm qilib bo'lmaydi. Biz bunga munosib emasdik" - dedi van Nistelroy.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar