Pol Ins: "Men Fergyusondan emas, xotinimdan ilhomlanaman"
30 sen 2022 20:02
Yangiliklar
Pol Ins: "Men Fergyusondan emas, xotinimdan ilhomlanaman"
Ins ustozlik qilayotgan klub ayni damda CHempionshipda 10 o'yinda 18 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda bormoqda.
Angliyalik mutaxassis fevral oyida jamoani quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida qabul qilib olgandi. Qisqa muddat ichida u "Reding"ni yuqoriga olib chiqdi. SHundan so'ng u ko'pchilik tomonidan Ser Aleks Fergyusonga qiyoslandi. Polning aynan shotlandiyalik mutaxassisdan ilohomlanib, faoliyat yuritishi takidlandi. Ammo ingliz murabbiyi bunga oydinlik kiritdi.
"Odamlar mendan "Kimdan ilhom olasiz: ser Aleks Fergyuson yoki Jon Layalldanmi", deb so'rashsa, men ularga xotinim Klerdan deb aytaman. 80-yillarda oq tanlilar va qora tanlilarni er-xotin sifatida tasavvur qilish qiyin bo'lgan paytlarda, u juda ko'p qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. U men bilan oilasidan uzoqqa — Manchesterga ko'chib o'tish uchun o'z ishidan voz kechdi. Bizning turmush qurganimizga 32 yil bo'ldi", — dedi Ins.
Fikrlar