Kutilmagan transfer: Kerroll Fransiya klubiga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023
"Amen" "Reding" hujumchisi Endryu Kerrollga qiziqish bildirmoqda.

Chempionshipning so'nggi natijalariga ko'ra, "Reding" 22-o'rinni egallab, ligada jon saqlab qola olmadi. Jurnalist Santi Aunaning yozishicha, endilikda Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fransiyada ish topishi mumkin: 34 yoshli futbolchi Liga 2'da o'ynayotgan "Amen"da tibbiy ko'rikdan o'tgan. Tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Endryu Kerroll "Liverpul", "Vest Xem" va "Nyukasl"dagi o'yinlari bilan tanilgan. Futbolchi 2022 yilning sentyabridan beri "Reding" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Transfermarkt portali angliyalikni 300 000 evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru