

Bahsda mankunianliklar tarkibidagi braziliyalik futbolchilar o'zlarini ko'rsatishdi: Kazemiro dublga erishgan bo'lsa, Fred ham o'z hisobiga bir gol yozdirib qo'ydi. Undan tashqari Antoni dastlabki golga assist bo'ldi.
Manchester Yunayted – Reding 3:1
"Old Trafford"
Gollar: 1:0 – 54 Kazemiro, 2:0 – 58 Kazemiro, 3:0 – 66 Fred, 3:1 – 72 Mbenge.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Malasia, Eriksen (Fred, 57), Kazemiro (Maynu, 73), Brunu Fernandesh (Pelistri, 68), Vegorst (Elanga, 73), Reshford (Garnacho, 68), Antoni.
Reding – Lamli (Buzanis, 75), Yadom, Makintayr, Xolms, Baba, Xendrik (Kreyg, 75), Ins, Lum (Forna, 62), Xoylett (Mbenge, 69), Kerroll, Lukash Joau (Long, 76).
Ogohlantirish: Kerroll (60), Malasia (78).
Chetlatish: Kerroll (65).



