Angliya Kubogi. "Manchester Siti" "Chelsi"ni mag'lub etib, mavsumdagi ikkinchi titulini qo'lga kiritdi

16 may 2026, 20:55
Abduqodir Husanov "Siti"dagi ikkinchi sovrinini yutdi.

16 may, 19:00 | "Uembli"

“Chelsi” - “Manchester Siti” 0:1

Gollar: 72 - Antuan Semeno

“Chelsi”: 1. Robert Sanches, 27. Malo Gyusto, 6. Livay Koluill, 3. Mark Kukurelya (7. Pedru Netu, 74’), 24. Ris Jeyms (9. Liam Delap, 83’), 29. Uesli Fofana, 21. Yorrel Xato, 25. Moyses Kaysedo, 10. Koul Palmer, 8. Enco Fernandes, 20. Joao Pedro (49. Alexandro Garnacho, 86’).

Zaxira: 12. Filip Yorgensen, 34. Josh Achimpong, 4. Tosin Adarabioyo, 23. Trevo Chaloba, 14. Dariu Esugu, 17. Andrey Santos.

“Manchester Siti”: 1. Jeyms Trafford, 27. Mateush Nunesh, 45. Abduqodir Husanov, 15. Mark Gexi, 33. Niko O'Rayli, 20. Bernardu Silva, 11. Jeremi Doku, 16. Rodri (8. Mateo Kovachich, 65’), 42. Antuan Semeno, 9. Erling Holand, 7. Omar Marmush (10. Rayan Sherki, 70’).

Zaxira: 25. Janluiji Donnarumma, 3. Ruben Diash, 5. Jon Stounz, 6. Natan Ake, 4. Teyani Reynders, 47. Fil Foden, 26. Savio.

Ogohlantirish: 29 - Enco Fernandes, 32 - Mark Kukurelya, 56 - Abduqodir Husanov, 90+2 - Moyses Kaysedo

90+5. O'yin yakunlandi! “Manchester Siti” va Abduqodir Husanov mavsumdagi ikkinchi titulini qo'lga kiritdi!

90+4. Netuning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi “Siti” futbolchisiga tegib qaytdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Sherkining 14-hududdan yo'llagan kuchli zarbasini Sanches qaytardi!

84. O'Rayli yana chapdan oldinga yurish qilib to'pni Holadanga uzatmadi, biroq yakuniy zarba bo'lmadi.

79. Netuning kuchli zarbasini Trafford qaytardi!

77. O'Rayli chapn qanotdan yurish qilib to'pni markazga uzatdi, biroq bu yerda hech kim yo'q.

74. Enco sal qolsa darvozani ajoyib tarzda ishg'ol qilishi mumkin edi…

73. Buyog'iga londonliklar nima qilishadi, kuzatamiz.

gettyimages-2276564105-2048x2048.jpg

72. GOL! Semeno hisobni ochdi! Holand hujumni boshlab to'pni Silvaga uzatdi, u yana Erlingga va uning uzatgan to'pini Antuan chiroyli tarzda darvozaga yo'lladi va gol urdi!

69. “Shaharliklar” faollashdi, hujumlar soni ortmoqda.

66. Yana bahsli vaziyat: Husanov va Pedro to'qnashdi, bu safar ham qoidabuzarlik deya baholanmadi vaziyat.

58. Enconing uzatmasidan so'ng to'p O'Raylining qo'liga tegdi, vaziyat qo'pollik deya baholanmadi.

🟨 56. Abduqodir Husanovga Kukurerlyaga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

47. O'Raylining chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Semeno darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi.

🕛46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

🕘 45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'lim 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Bernarduning ajoyib uzatmasini Holand darvozaga yo'lladi, Sanchesdan seyv!

36. “Chelsi” tempni oshirmoqda, hujumlar hozircha xavfli tus olmayapti.

🟨 29. Ogohlantirish. Bugungi o'yinda 3-marta “Siti” futbolchilariga qo'pol o'ynagan Enco ogohlantirildi.

27. GOL! “Siti” ajoyib hujum uyushtirib, Xoland gol urgandi. Nunesh ofsaydga chiqib ketgani sababli, gol inobatga olinmadi.

24. Ris Jeymsning qo'pol xatosidan keyin Xoland “Chelsi” jarima maydonchasiga kirib bordi va noaniq zarba yo'lladi.

22. Joao Pedro tezlikda hujumga o'tdi, Husanov uni oldidan taqib qilib bordi. Keyin Pedro zarba yo'lladi. Toyib ketgan futbolchining zarbasi o'xshamadi.

21. “Chelsi”ning burchak zarbasidan rejasi amalga oshmadi.

20. UXXXX!! Gyusto o'ng qanotdan hujumga o'tib, darvoza atrofiga to'pni oshirdi. Nunesh esa tavakkal qilib, to'pni burchakka chiqarib yubordi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

18. O'yin tempi tushdi. Hozircha biror jamoaga ustunlik berib bo'lmaydi.

13. Pedro hujumda ko'rinish berdi. To'p unga tushishi bilan ofsayd qayd etildi.

10. “Siti”da yana bir vaziyat. Standartdan keyin pas o'ynaldi, Semenoning uzatmasini Rodri darvoza yaqiniga oshirgandi, biroq hujumda fol qayd etildi.

9. Jarimadan keyin “Chelsi” qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin bo'lgandi, lekin Husanov o'zining “podkati” bilan Palmerni va hujumni to'xtatdi.

8. Jarima zarbasi. Masofa uzoq. Nuqta yonida Husanov ham bor. Yo'q, zarbani Semeno amalga oshirdi. To'p birinchi qatlamdagi futbolchidan ham o'tmadi.

7. Bahsdagi ilk xavfli vaziyat. Marmush yaqin masofadan o'ng oyog'ida zarba yo'lladi. Sanches to'pni ushlab oldi.

5. Kukurelya chap qanotdan hujumga o'tayotgandi. Nunesh uni bir elka qo'yib, uchirib yubordi.

3. Bugun Robert Sanches Petr Chex kabi shlemda maydonga tushgan. O'yin juda sokin boshlandi.

🕛 1. Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia