Pogbaning safga qaytishi yana cho'zildi
09 jan 2022 10:00
Yangiliklar
Pogbaning safga qaytishi yana cho'zildi
“Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik son mushaklaridan jarohat olgan Pol Pogbaning holati haqida gapirdi.
“Bilishimcha, u mashg'ulotlarga kirishishi uchun yana 4-5 hafta kerak bo'ladi. U qaytgan taqdirda ham jamoaga qo'shila olmaydi, buning uchun biroz vaqt zarur”, deydi Rangnik.
Eslatib o'tamiz, Pogba noyabr boshidan beri maydonga tushmayapti.
Fikrlar