Matbuot anjumani. Islom Ismoilov: "Terma jamoa xususiy emas, millatniki. Vijdonim toza, eng munosib 23 nafar futbolchini jalb qildik"
12 mar 13:24
Yangiliklar


Matbuot anjumani. Islom Ismoilov: "Terma jamoa xususiy emas, millatniki. Vijdonim toza, eng munosib 23 nafar futbolchini jalb qildik"
Bilasiz, mazkur qita turniri Jahon chempionatiga yo'llanma beradi, bunda tabiiyki masuliyat ikki hissa yuqori bo'ladi. Bugun terma jamoamizning tayyorgarligi yuzasidan bosh murabbiy Islom Ismoilov va futbolchi Mo'minxon Bahodirov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
"Osiyo kubogi musobaqasi oldidan qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat aytaman. Terma jamoamiz bo'lajak katta musobaqaga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdi, mana shu vaqt ichida ruhiy texnik va taktik ko'niklmalari ustida ish olib borildi. Bunga qadar bir nechta xalqaro o'yinlarda ishtirok etdik, bu bizga zaif tomonlarimizni, jamoa o'zagini shakllantirishga, kamchiliklarimizni bilib olishga yordam berdi. Har bir futbolchi uchun kerakli poziciyalarni tanlashga, o'yinni shakllantirishga harakat qildik. O'FA rahbariyati va terma jamoalar bu borada bizga yaxshi sharoitlarni yaratib berdi. Buning uchun ularg o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Maqsadimiz Osiyo kubogida yaxshi natija ko'rsatish, o'zbek futbolining yosh avlodini munosib ishtirokini taminlash",- deydi Islom Ismoilov.
"Biz Osiyo kubogiga anchadan buyon tayyorgarlik ko'ryapmiz, o'yin amaliyoti oshdi. Buning uchun minnatdorchilik bildiramiz. Birinchi maqsadimiz Jahon chempionatiga yo'llanma olish va chempionlik uchun kurashish",- deydi Mo'minxon Bahodirov.
- Terma jamoamiz fevral oyida Turkiyada yig'in o'tkazdi, keyin esa darhol Minskdagi musobaqaga yo'l oldi. Bu yuklamalarni ko'paytirib yubormadimi? "Rivojlanish kubogi"da o'yinlar orasi qisqa bo'ldi...
- Mazkur musobaqalar bizga bir oy oldin malum qilingandi. Qo'l ostimizda 23 nafar bir xil saviyadagi futbolchi borligi uchun qo'rqmasdan ikki musobaqaga rozilik bildirdim. Asosiy etiborimiz Antaliyadagi turnirga qaratilgandi. Belarus mezbonlik qilgan musobaqada kam o'yin amaliyoti olgan futbolchilarga imkon berdik. Futbolchilarning holati bo'yicha ilmiy guruh ish olib boradi. Tahlilchi murabbiylar bor. Futbolchilarda og'ir yuklama yoki charchoq alomatlari sezilmadi. Iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolarni inobatga olmasa, jamoa tez tiklandi. Fevral oyidagi yig'inlar biz uchun juda foydali bo'ldi deya olaman.
- Dunyo futbolida U-17 yosh toifasidagi yigitlar katta futbolda o'zlarini ko'rsatishmoqda. Lekin tarkibda katta futbolda o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilar kam ekan. Bu qanchalik muammo va bunga nima sabab?
- Katta jamoalarda yosh futbolchilarga ishonch bildirilmasligi murabbiyning qarori bilan bog'liq. Biz ham terma jamoaga nomzod futbolchilarni o'rinbosarlar jamoalarida o'ynashini istaymiz. Lekin buning ko'p jihatlari bizga bog'liq emas. Murabbiylar ishonch bildirsa, o'zidan 2-3 yosh katta futbolchilar bilan raqobat qila oladi deb o'ylayman.
- Osiyo kubogida omad tilaymiz. Guruhda Saudiya Arabistoni bilan o'ynaymiz. Yanvar oyida Saudiya Arabistonida shu mamlakat U-17 terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Odatda musobaqadan oldin bitta guruhdagi jamoalar birga o'ynamaydi...
- Yanvar oyida Toshkentdagi ob-havoni bilasiz. Rahbariyatdan Saudiya Arabistoni iqlimiga mos joyda yig'in tashkil qilishni so'ragandik. Biz uchun yaqin va foydali Saudiya Arabistoni varianti bor edi. Bu paytda guruhda bizga raqib bo'lishi aniq emasdi. Faqat 2 kun qolganda qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Raqibga to'liq o'yin uslubimizni ko'rsatmaslikka harakat qildik. Arab davlatlari jamoalariga qarshi o'ynash qiyin bo'ladi. Hozirgacha ko'plab Evropa jamoalari bilan o'yinlarda maydonga tushdik. Lekin arab jamoalariga qarshi o'yin amaliyoti yo'q edi.
- Jahon chempionatiga chiqish bu safar osonlashdi. Mundialga chiqa olmaslikka nima to'sqinlik qilishi mumkin, qanday kamchiliklar bor?
- Hech qanday kamchilik yo'q, futbolchilar yuz foiz tayyor. Guruhimiz oson emas, Jahon chempionatiga chiqishni hamma istaydi. Aytganingizdek bu safar osonroq bo'ladi, lekin biz bo'shashmasligimiz kerak.
- Jarohat sabab musobaqaga bora olmaydigan futbolchilar yo'qmi?
- Xudoga shukur jamoaning o'zagi futbolchilarning barchasi sog'-salomat.
- Muxlisdan savol. Avvalgi terma jamoalarimizda yoshi "urilgan" futbolchilar bo'lar edi. Sizning jamoangizda yoshi bilan bog'liq muammolari bor futbolchilar yo'qligini ishonch bilan ayta olasizmi?
- Bu ko'p beriladigan savol. Davlat ularning qo'liga pasport beradi. Biz shunga qarab ish qilamiz. Davlat ishonib hujjat berganidan keyin borib tekshirish bizning vakolatimizga kirmaydi. Jamoamizda hammasi joyida.
- Osiyo kubogida taqvim zich. Tabiiyki, rotaciyalar kerak bo'ladi. Jamoangizda tarkib qanday shakllandi? Rotaciyalarga qanchalik qo'l ura olasiz?
- Oxirgi o'yinlar shuni ko'rsatyaptiki, ikkinchi bo'limda, zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytira oladigan futbolchi bor. Har bir o'yinchi o'ziga imkoniyat berilganida jamoa uchun maksimal harakat qila oladi.
- Guruhdan chiqsak Avstraliya yoki Yaponiya bilan to'qnash kelamiz. Bitta o'yindan iborat uchrashuvlarda penaltilar seriyasi bo'lishi ehtimoli bor. Bizda esa bu muammoga aylanib bormoqda. Mashg'ulotlarda qanday ish olib borilyapti?
- Biz murabbiylar shtabi bilan o'tirib mazkur muammoga echim topishga harakat qildik. Mashg'ulotlar jarayonida bosim yo'q bo'lgani uchun istalgan narsa o'xshab ketadi. Futbolchi bosim ostida qanday harakat qilishini bilish uchun suniy bosim yuzaga keltirishga harakat qildik. Deylik penaltilarda yutqazgan jamoaga bir kunga telefondan cheklash kabilarni kiritdik.
- Raqiblar haqida fikringiz?
- Tailand texnik futbolga tayangan jamoa, tarkibida tezkor, hattoki "Manchester Yunayted" va Angliyadan jalb qilingan futbolchilar bor. Avstraliya bilan durang o'ynagan. Bizning futbolchilar Tailand, Xitoy, Saudiya Arabistonidan kuchli. Xitoy bilan o'tgan yili turnirda uchrashdik, yaponiyalik murabbiy ishlamoqda.
- O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zagini Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchilari tashkil qiladi. U-17 terma jamoamizning 50 foizdan ko'p futbolchisi "Paxtakor"dan. Vohadan bitta futbolchi chaqirilgan. "Nasaf" akademiyasi ishlamayaptimi?
- "Paxtakor"dagi bu futbolchilar oldin "Odil Ahmedov" FA azolari edi. Terma jamoada barcha viloyatlardan futbolchilar bor. Ular turliya viloyatlardan selekciya jarayonida Toshkentga kelgan. Nega faqat "Paxtakor" yoki "Odil Ahmedov" FAdan futbolchi olasan deyishadi. Bizgacha murabbiylar juda ko'p selekciya qilishgan. Endi Namangan, Farg'onadan iqtidorli futbolchi Toshkentda o'ynayaptida, biz bitta jamoadan futbolchi ko'payib ketyapti deya olmaymiz. Sababi vaqt oz, har yig'inda 10 kun mashg'ulot o'tkazamiz. "Nasaf"dan shu kungacha ko'p futbolchilarni jalb qildik, lekin o'yin uslubimizga to'g'ri kelmagani uchun yakuniy ro'yxatdan o'rin olishmadi.
- Mo'minxon Bahodirovga savol. Jamoa sardori sifatida o'zingizni qanday his qilyapsiz? Jamoadoshlaringiz sizni qanday tushunyapti?
- Jamoadoshlarim o'z jamoasida etakchi bo'lgani uchun ham terma jamoaga jalb qilingan. Qolaversa, menga ham yordam berishmoqda. Bosh murabbiy menga sardorlikni ishongani uchun buni oqlashga harakat qilyapman.
- Saudiya Arabistoni bilan yanvar oyida o'yin o'tkazildi. Bu o'yindan qanday xulosalar oldingiz?
- Ko'rib turibsizlar Saudiya Arabistoni so'nggi yillarda futbolga katta etibor qaratmoqda. Murabbiylar shtabida ispaniyalik mutaxassis faoliyat olib bormoqda. O'tgan yili Toshkentda ham ro'baro' kelgandik. Lekin bir yil ichida katta o'zgarish bo'lgan. Bu o'yinlar orqali biz muhitga moslashishga harakat qildik. Futbolchilarga 2-3 ta ko'rsatma berdik. Ular aytganlarimizni to'liq bajarishga odatlanishgan. Tezkor futbolchilarga qarshi to'g'ri himoyalana oldik.
- Murabbiylar shtabi qanday shakllantirildi?
- 3 yil davomida bir necha nafar murabbiylar jamoada ishlab ketishdi. Hozirgi vaqtda Bekzod Turg'unov, Anatoliy Kurlaev, tahlilchi murabbiylar ishlamoqda. Bosh murabbiy o'zi uchun qulay insonlar bilan ishlamoqda. O'FA aynan bu murabbiy bilan ishlaysan degani yo'q. Ertadan boshlab Qatarda yig'inni davom ettiramiz.
- Bizdagi yomon illatlardan biri iqtidori etarli bo'lmasa ham ota-onalar tomonidan qo'ng'iroq qilinishi. Sizga ham bunday holat bo'lganmi?
- Bo'lmagan deya olmayman. Lekin doim to'g'ri turib munosiblar o'ynashi tarafdori bo'lib kelganman. Terma jamoa millatniki, xususiy emas. Hozirgi holatda terma jamoa uchun eng munosib 23 nafar tanlangan. Har bir futbolchini chuqur tahlil qildik. Iqtidorlar ko'p, lekin imkoniyat darajamiz cheklangan. 3 yil davomida ko'p musobaqalarni kuzatdik, ko'rikdan o'tkazdik. Vijdonim toza, hech qanday tanish-bilishchilikka yo'l qo'ymadik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar