So’nggi yangiliklar

16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  2 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5

"Dinamo" taqdimot marosimi o'tkazdi Yangiliklar

"Dinamo" taqdimot marosimi o'tkazdi

Teglar :  Dinamo
11 mart seshanba kuni "Dinamo" PFK jamoasining taqdimot marosimi o'tkazildi.

"Samarqand shahridagi Yoshlar markazi katta zalida o'tkazilgan marosimda jamoadan tashqari, klub rahbariyati, viloyat hokimligi, muxlislar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Marosim davomida klub matbuot xizmati tomonidan "Dinamo"ning eng muhim gollari yodga olinib, har bir futbolchi o'ziga xos tarzda tanishtirildi. Etiborlisi, tanishtiruv marosimiga Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Adiz Boboev ham vaqt topib, kechroq bo'lsa-da, etib kelganini butun zal qarsaklar bilan qarshi oldi. Ungacha futbolchilarga yangi liboslarni Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Husan To'xtaev va bosh murabbiy Vadim Abramov muxlislarning olqishlari ostida topshirishdi.

"Dinamo" jamoamizni birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz! Viloyat ahli va barcha samarqandlik futbol muxlislarining "Dinamo"dan umidi katta. Viloyat hokimligi tomonidan qandaydir yordam kerak bo'lsa, biz tayyormiz. Stadionimiz barcha talablarga javob beradi, mablag' masalasida ham jamoada muammo yo'q. 2025 yilgi mavsum "Dinamo" uchun muvaffaqiyatli bo'lsin. Jamoamizga omad va zafarlar tilaymiz!", - dedi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Muzaffarovich. 

Shundan so'ng, Vadim Abramov jamoa nomidan Adiz Boboevga 72-raqamli klub libosini sovg'a qildi. Tadbirda klub bosh homiysi "Agromir Buildings"ga viloyat hokimligi va jamoa nomidan minnatdorchilik bildirildi. Faxriy muxlislar nomidan Hamroqul Rofeev, ashaddiy ishqibozlar nomidan fan-klub rahbari Shavkat Burhonov so'zga chiqib, bu yil "Dinamo"ni o'zgacha tarzda qo'llab-quvvatlash maqsad qilinganini aytib, muxlislar nomidan viloyat rahbariga minnatdorchilik bildirdi. Marosim yakunida barcha muxlislar 15 mart kungi "Dinamo" - «Mashal» o'yiniga taklif etildi", — deyiladi klub xabarida.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика