Flamarion: "Men jamoadoshlarimdan faxrlanaman, sababi biz bor kuchimizni ishga soldik"
12 mar 2025 15:10
Yangiliklar
Flamarion: "Men jamoadoshlarimdan faxrlanaman, sababi biz bor kuchimizni ishga soldik"
- Flamarion, bugungi bahs haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Biz bunday qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. "Al Hilol" qanday tarkibga ega jamoa ekanligini hammamiz bilamiz. Maydon ham ajoyib holatda edi. Maydon holati raqibimizga ustunlik berdi. Men jamoadoshlarimdan faxrlanaman, sababi biz bor kuchimizni ishga soldik. Elit OCHLni tark etdik, endi Superliga haqida o'ylashimiz kerak. Superligadagi chempionlikni qo'lga kiritishimiz kerak.
- Agar sir bo'lmasa, bosh murabbiy o'yindan so'ng futbolchilarga nimalar dedi? Ichkarida nimalar ro'y berdi?
- Barchasini o'zingiz ko'rdingiz. Biz 100%dan ham ko'proq harakat qildik va qanday raqib bilan to'qnash kelishimizni bilardik. Afsuski, Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokimiz o'z yakuniga etdi. Endi Superligaga etibor qaratamiz.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar