Anchelotti Simeone haqida gapirdi

Alisher
12 mar 2025, 12:47
"Real" ustozi Karlo Anchelotti "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone haqida gapirdi.

Jamoalar chorshanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvini o'tkazadi. Anchelotti hamkasbini ajoyib mutaxassis deb atadi.

"Menimcha, Simeone - ajoyib murabbiy. Biz futbol haqida juda o'xshash tasavvurlarga egamiz. Simeone bilan bog'liq alohida xotiralarim bormi? Yo'q, men uni juda hurmat qilaman. U aqlbovar qilmas. Aytganimdek, biz futbol haqida bir xil tasavvurga egamiz," - dedi Anchelotti.

"Qaymoqranglilar" birinchi o'yinda g'alabaga erishdi. "Oqlar" "Atletiko"ni 2:1 hisobida taslim etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com