Pochettino Keyn va Alderveyreld qachon safga qaytishini aytdi
29 okt 2016 02:18
Yangiliklar
Pochettino Keyn va Alderveyreld qachon safga qaytishini aytdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa etakchilari Xarri Keyn va himoyachi Alderveyreldning holati bo'yicha gapirib o'tdi.
- Keynning qachon safga qaytishi haqida bir narsa deyish qiyin. Nima bo'lishini ko'ramiz. Agarda futbolchichorshanba kunga bahsga qadar tiklana olmasa, unda "Arsenal" bilan bo'ladigan uchrashuvga qadar qaytadi. Uzog'i bilan yana 2 hafta kutishimizga to'g'ri kelishi ham mumkin.
Keyn va Alderveyreld tushkunlikka tushib qolishgani yo'q. Ular o'zini juda yaxshi va tetik his etishmoqda. Har kuni mashg'ulotlarda jonini berib shug'ullanishmoqda. Bilasizmi nega ular tezroq safga qaytishni istashmoqda? CHunki biz ularni mashg'ulotlarda ikki hissa ishlatmoqdamiz. Sababi, jarohat tufayli o'z formalarini yo'qotib qo'ymasliklari uchun kuniga ikki mahaldan shug'ullanishmoqda. Bu futbolchi uchun juda qiyin.
Fikrlar