Rasman: Postekoglu istefoga chiqarildi
06 iyu 21:42
Yangiliklar


Rasman: Postekoglu istefoga chiqarildi
"Tottenxem" matbuot xizmati Ange Postekoglu istefoga chiqarilganligini malum qildi.
Klub ushbu mavsumdagi natijalarni qoniqarsiz baholagan va bu istefoga sabab bo'lgan.
Ange 2023 yilda "Seltik"dan "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylangandi. Dastlabki mavsumda u jamoa bilan 5-o'rinni egallagandi.
Yakunlangan mavsumda esa 17-o'rinni qayd etgan bo'lsa-da, jamoa Evropa ligasida g'olib bo'lib, 17 yil deganda ilk marta sovrin qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar