Postekoglu bu borada ikkinchi bo'ldi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2025, 00:15
Bugun "Tottenxem" Ange Postekogluni iste'foga chiqardi.

Shu orqali avstraliyalik mutaxassis Angliya Premer-ligasi klublarida Antonio Kontedan keyin sovrin yutiboq iste'foga chiqarib yuborilgan ikkinchi murabbiy bo'ldi.

"Tottenxem" uning qo'l ostida Yevropa ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag'lub qilib, 17 yil deganda ilk marta sovrin yutgandi. Konte esa "Chelsi"dagi so'nggi (2017/18) mavsumida Angliya Kubogi finalida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida dog'da qoldirib, sovringa ega chiqqandi.

Biroq ushbu holatlar yakunda murabbiylarning iste'fosi uchun halaqit qilmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal