Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz"
14 apr 2021 22:50
Yangiliklar
Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz"
OCHL "B" guruhi 1-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Traktor" (3:3) uchrashuvidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda o'yin asabiy kechdi. Bahsga kirishib ketishimiz biroz vaqt oldi. Ikkinchi bo'limda ikkita tezkor gol o'tkazganimizdan so'ng o'z o'yinimizni namoyish qila boshladik. Afsuski, yana penaltidan to'p o'tkazib yubordik. G'alabani qo'ldan chiqarganimiz yomon, ammo 0:2dan keyin o'yinga qaytdik. SHu sababli durang juda yomon natija emas.
G'alaba qozonishga yaqin edik, biroq xatodan so'ng darvozamizga ikkinchi penalti belgilandi. Balki, bu navbatdagi o'yinlar uchun foydali bo'lar. Xatolardan xulosa chiqaramiz, shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz", – deydi Xyuistra.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar