So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

Piter Xyuistra: "SHarja"ga qarshi ilk bahsda xatolarga yo'l qo'ydik, buni tuzatmoqchimiz" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "SHarja"ga qarshi ilk bahsda xatolarga yo'l qo'ydik, buni tuzatmoqchimiz"

"Paxtakor" - "SHarja" o'yinidan avvalgi matbuot anjumanida bosh murabbiy Piter Xyuistraga yarim himoyachi Hojimat Erkinov hamrohlik qildi.

Xyuistra: 

- Birinchi davrada etarlicha ochko jamg'ara olmadik. SHu sababli ertaga bizni juda muhim o'yin kutmoqda. Oldingi bahsdagi xatolarni o'rgandik, tahlil qildik. Jamoam o'yinni juda yomon o'tkazdi deb o'ylamayman, ammo himoyaviy harakatlarda ko'ngildagidek o'ynay olmadik. Himoya faqat himoyachilarning harakatidan iborat emas, unda butun jamoa ishtirok etadi. Jamoaviy harakat bo'lishi kerak. Qolaversa, to'pni nazorat qilish orqali ko'proq imkoniyat yaratishimiz lozim. Bu borada uyg'unlikni yuzaga keltirish darkor. CHempionlar Ligasida buni uddalashga urinib ko'ramiz. Birinchi bellashuvda 70 foiz holatda to'pni nazorat qildik, ammo bu samara bermadi. Endi vaziyatlarni ko'proq sodir etishga intilamiz.

"SHarja" yaxshi saviyadagi jamoa. Ertaga Koronado maydonga tushgan taqdirda ular yanada xavfli bo'ladimi? Biz o'z o'yinimizni, yuqori saviyamizni ko'rsata olsak, juda yaxshi jamoamiz. Aynan shuni uddalashga harakat qilamiz. Dastlabki ikki uchrashuvda g'alabaga haqli edik, ammo omadimiz kelmadi. "SHarja" bilan birinchi bahsda esa xatolarga yo'l qo'ydik. Bularni tuzatishga urinamiz. Bosim bor holatda barcha ishlar yaxshi bo'lishi kerak.


Erkinov: 

- Biz ertaga juda katta ahamiyatli o'yinda maydonga tushamiz. Bu raqibga qarshi birinchi o'yindagi xatolarni murabbiyimiz tushuntirib o'tdi. Kerakli ko'rsatmalar beriladi va faqat g'alaba uchun o'ynaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика