So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Piter Xyuistra: "G'alaba golini zarur paytda ura oldik" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "G'alaba golini zarur paytda ura oldik"

O'zbekiston kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda o'yinni yaxshi boshladik, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Birinchi bo'limda o'yinni to'liq nazorat qildik deb ayta olaman.

Ikkinchi bo'limda xatolar soni biroz ko'paydi. SHunga qaramasdan g'alaba golini zarur paytda ura oldik. Navbatdagi bosqichga o'tishimizda shu gol etarli bo'ldi, bundan xursandmiz. 

- So'ngi o'yinlarda ketma-ket 1:0 hisobida g'alabalar qo'lga kiritilayapti. Bunday hisobdagi g'alabalar sizni qoniqtirayaptimi? Xalqaro maydonlarda Superliga jamoalaridan ko'ra jiddiy raqiblar bilan o'ynashingizga to'g'ri keladi...

- CHempionlik haqida aytadigan bo'lsak, bunga hali ancha vaqt bor. Mavsum haqida aytadigan bo'lsam albatta bizda qiyin o'yinlar bo'layapti. Mavsumni 3:2 hisobidagi g'alaba bilan boshlagandik, keyinchalik 2:1 hisobida g'alaba qozonganmiz. "So'g'diyona" va "Turon" bilan durang o'ynadik, umuman har bir o'yin biz uchun oson o'tayotgani yo'q. Raqiblar imkon qadar chuqur himoyalanishmoqda. Yigitlar g'alabani uddalashayapti, bu juda yaxshi xolat. Bugun Erkinov jarohatdan qaytib gol urishi juda ham yaxshi bo'ldi. Tarkibimiz o'tgan yilgidan o'zgarib ketgan. 

- Navbatdagi bosqichda "Olimpik" jamoasi raqib bo'ladi. Bu jamoa haqida fikringiz qanday?

- Kechagi o'yinni ko'rdim. "Olimpik" jamoasini muntazam kuzatib boramiz. Bu jamoada bizning yosh futbolchilarimiz bor, ularni qanday o'sayotganini ko'rish biz uchun qiziq. Ular navbatdagi bosqichga o'tishdi. Hozircha bu jamoa haqida biron narsa deyish qiyin, ular o'z oldilaridagi vazifani, yani Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishlari kerak.

- "Olimpik" tarkibida Behzod SHamsiev, Alisher Odilovlar yaxshi o'yin namoyish etmoqdalar. Ularni jamoaga qaytarish varianti "Paxtakor"ning rejalarida bormi?

- Albatta ularni kuzatib boraman. Behzod SHamsievni jamoada olib qolishni istagandim. U "Olimpik" loyihasiga tanlandi va men uni qo'yib yuborishim juda ham qiyin bo'ldi. Hozir u asosiy tarkibda bo'lishi ham mumkin edi. Ular qanchalar o'sishga erishsalar bundan faqat xursand bo'lamiz. 

Bundan tashqari bizda Diyor va Abboslar ham Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar hisoblanishadi.

- Marlen CHobanov yaxshi harakat qilmoqda. U etakchi himoyachilar safga qaytgach ham maydonga tushishda davom etadimi? 

- Unga hozir ham imkoniyat berayapmiz. U o'sishda davom etsa albatta raqobatga kirishadi. U doim o'z ustida ishlaydigan tirishqoq futbolchi. U Anzur va Krimecdan o'rganishi kerak deb o'ylayman. Bundan tashqari jamoamizda Azmiddinov ham bor, u ham himoyachi. Bu futbolchilar o'sishda davom etishlari kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика