So’nggi yangiliklar

20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  0 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  3 20:00Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  0 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4

Piter Xyuistra: "Frank de Burning taktikasi qanchalik samara berishini endi ko'ramiz" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Frank de Burning taktikasi qanchalik samara berishini endi ko'ramiz"

Niderlandiya terma jamoasi joriy yilgi Evropa chempionatida yaxshi ishtirok etmoqda.

"Lolalar" yurti vakillari guruh bosqichida kerakli ochkolarni jamg'argan holda keyingi raundga yo'llanma oldi. Frank de Bur shogirdlari ertaga 1/8 final doirasida CHexiyaga qarshi maydonga chiqadi. Xo'sh Niderlandiya turnirda qay darajada uzoqqa bora oladi? Biz bu borada "Paxtakor"ning niderlandiyalik murabbiyi Piter Xyuistraning fikrlari bilan qiziqdik.

Guruh bosqichida Ukraina, SHimoliy Makedoniya va Avstriya bilan to'qnash kelgan Niderlandiya yuz foizlik natija bilan birinchi o'rinni egalladi. Musobaqani Ukrainaga qarshi 3:2 hisobidagi  qiyin g'alaba bilan boshlagan terma jamoa keyingi ikki o'yinda Avstriyani 2:0, SHimoliy Makedoniyani esa 3:0 hisobida taslim qildi.

"Niderlandiyaning guruhi kuchli emasdi. Uchta engilroq raqiblar bilan o'ynadi. To'g'ri musobaqani qiyin g'alaba bilan boshladi. Lekin bu jamoaning birlashishi va ishonchini ortishiga olib keldi. Turnir davomida yanada yaxshi o'ynashi mumkin. Men bunga ishonaman. 

Buyog'iga hamma narsa bitta o'yinda hal bo'ladi. Bunday masuliyatli uchrashuvlarda kichik elementlar ham tasir qiladi. Oson raqiblar qolmadi. Masalan Portugaliya amaldagi chempion, Germaniya mag'lubiyat bilan boshlaganiga qaramay qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. CHexiya ham istalgan jamoani yutishi mumkin",- deydi Piter Xyuistra.

Xabaringiz bor, musobaqadan oldin ko'pchilik Frank de Burning 3-5-2 taktikasiga qarshi chiqayotgan edi. Hattoki birinchi turdan o'rin olgan Ukrainaga qarshi o'yindan oldin  muxlislar tomonidan samolyot orqali “Frank, faqat 4-3-3” yozuvi tushirilgan banner orqali maslahat ham berishgandi.  Biroq de Bur 3-5-2da qolishini aytgandi. Ushbu vaziyatga Piter Xyuistra quyidagicha munosabat bildirdi. 


"Evropa chempionatidan oldin Franciyani eng kuchlisi, deb o'ylagandim. Biroq Italiya yorqin o'yini bilan ko'pchilikka manzur bo'lmoqda. Balki ular ertaroq sport formasiga kirib olishgandir. Italiya yaxshi pressing qilmoqda, o'yini to'liq nazoratiga olyapti.  "Paxtakor" ham shunday uslubda o'ynaydi. 

Frank De Burning taktikasiga musobaqadan oldin men ham qarshi edim. Unda katta masuliyat bor. Murabbiyning taktikasi kuchli raqiblar bilan o'yinda qanchalik samara berishini endi ko'ramiz",- deydi Piter Xyuistra.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика