Pioli: "Milan" 5 zarbadan 4ta gol o'tkazib yubordi"
21 noy 2021 12:07
Yangiliklar
Pioli: "Milan" 5 zarbadan 4ta gol o'tkazib yubordi"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya doirasida "Fiorentina" (3:4)dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"G'alati o'yin. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynab, 2:0 hisobida mag'lub bo'ldik. Biroq bu futbol: o'z vaziyatlarimizdan foydalanmadik, xatolarimiz uchun jazolashdi.
Ikkinchi bo'limda esa xarakter ko'rsata oldik. Odatda to'rtta gol o'tkazib yubordingizmi, yutqazishingiz tayin. Xarakter ko'rsatdik, ammo baribir mag'lub bo'ldik.
O'yinni mayda epizodlar hal qildi. 5 zarbadan 4ta gol qo'yib yubordik. Diqqatliroq o'ynashimiz kerak edi va vaziyatlarimizdan foydalana olish shart bo'lgandi.
Agarda to'rtinchi golni o'tkazib yubormaganimizda, o'yinning borishini o'zgartira olardik. Bunday mag'lubiyatlar doimo og'riqli bo'ladi. Bu biz uchun dars bo'ldi", - dedi Pioli.
Fikrlar