Pioli: "Anchadan buyon mag'lubiyat alamini his qilmagandik, bu foydali"
07 jan 2021 09:01
Yangiliklar


Pioli: "Anchadan buyon mag'lubiyat alamini his qilmagandik, bu foydali"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng (1:3) fikr bildirdi.
"Goldan so'ng yana oldinga chiqib olgan raqibga tan berishimiz lozim. Biz kerakli ishni amalga oshirdik, vaziyatlar yaratdik, ammo ikkinchi goldan so'ng qaytish qiyin kechdi.
Dalotaning zarbasidan so'ng "Yuventus" posboni ajoyib seyv amalga oshirdik. O'shanda hisob 1:1 bo'lib turgandi. Keyin ular gol kiritishdi va kurashish qiyinlashdi.
Yigitlar hafa, ammo qaysidir manoda mag'lubiyat alamini totib ko'rish ham foydali bo'ladi, chunki anchadan beri buni his qilmagandik. Men ularga minnatdorchilik bildirdim. Mana shunday vaziyatda ham ular o'ynay olishdi. ("Milan" futbolchilari Ante Rebich va Rade Krunichda koronavirus aniqlandi) Biz bugun kuchli jamoa ekanligimizni ko'rsatdik", - dedi Pioli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar