So’nggi yangiliklar

08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  5 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  0 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  2 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  5 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  8 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1

Pike: "Yana bir trebl sari etiborimni jamlaganman" Yangiliklar

Pike: "Yana bir trebl sari etiborimni jamlaganman"

Teglar :  Xerard Pike
“Barselona” himoyachisi Pike xorijlik hamkasblarimizga bergan intervyusida joriy mavsum, faoliyati va hayoti to'g'risida berilgan bir qator savollarga javob qaytardi.

Uni etiboringizga taqdim etamiz.

- Tez-tez turli ko'ngilsizlikka duch kelishingiz etiborga arziydimi?

- Bunga arzishi yoki yo'qligini hech qachon o'ylamaganman. Garchi, bizga bazida malum chiziqdan chiqish kerak bo'lmasa-da, men hissiyotlarim aytgan narsani qilaman va bunday yo'l tutishimdan qoniqaman. Oxirgi paytlarda jurnalistikada bir yo'nalish paydo bo'ldi va mashhurlashdi. O'sha yangi jurnalistlar futboldan tashqari hamma narsa haqida gapirishadi. Va doim bahslashishadi. Biror golni ko'rsatmaydigan teledasturlar bor. Tomoshabin buni ko'radi, sen esa hech narsa qila olmaysan.

- Tvitterdagi fikr va hazillaringiz o'sha ommani jalb qiladi.

- Bunga haddan tashqari katta etibor beriladi. Bu men uchun shunchaki o'yin. Xursand bo'lamiz, kulamiz. Biroq bazi odamlar bu yurakka juda yaqin qabul qiladi, xuddi hayot va o'lim masalasidek. Hazillashgim kelgan bo'lsa-da, kimningdir hayotiga zomin bo'lgandek taasurot qoladi.

- Bularga chek qo'yib, o'zingizni oddiy futbolchi sifatida tutish haqida o'ylaganmisiz?

- Bu bilan anchadan beri shug'ullanaman. Har bir hazilimdan avval shu to'g'risida o'ylayman. Faolligimning asosiy vaqti mavsum endi boshlangan va qizib boradigan avgust-dekabr oylariga to'g'ri keladi. SHundan keyin men to'xtayman. To'g'risi, hech narsani o'zgartirishni istamayman, chunki bundan zavq olaman.

- Kiyinish xonasida o'zingizni boshqacha his qilasizmi?


- U erda men oddiy yigitlardan biriman. Futboldan tashqarida boshqa qiziqishlarim bor. Umuman boshqa narsalar. Ularni xohlaganim uchun ham o'sha ishlar bilan shug'ullanaman.

- Jamoada muammolaringizni muhokama qiladigan sherigingiz bormi yoki erkaklar kiyinish xonasida faqat ayollar va mashina haqida suhbatlashishini tasdiqlaysizmi?

- Bunday suhbatlar boshqa jamoalarda sodir bo'lishi mumkin. Biz esa siyosat, jamoat va iqtisodiy yangiliklarni muhokama etamiz. Turlicha insonlar bor. Maskerano bilan biznes va siyosat to'g'risida gaplashaman. Albatta, iqtisod haqida gapni eshitib, turib ketadigan futbolchilar ham bo'ladi. Biroq bular futboldan tashqarida yuz beradi. Menda turli narsalarga qiziqadigan do'stlarim etarli.

- Yuzaga kelgan ispan futbolchisi obrazi ishonchli emasmi?

- Doim futbolchilar unchalik tarbiyali emas, ammo futbol jamiyat va har bir uyda katta etiborga ega. Yakunda biz AQSHda bo'lganidek, sportchilarni ko'proq hurmat qilishlariga o'tamiz. Maydon va uning tashqarisida.

- Nimani nazarda tutyapsiz?

- Bir qancha yil oldin Angliyada irqchilik, zo'ravonlikka qarshi kurashishni boshlashdi va bu samara berdi. Ulardan o'rnak olishimiz darkor. Kichik jarimalar yordam bermaydi, chunki odam uni to'laydi va yana nimadir salbiy ishni amalga oshiradi. 6-7 yoshli bolalar stadionga kelib, tribunalardan qichqirishlarni eshita olmaydi. Bundan aqldan ozasan. Barcha baqirishlar, tvitterdagi holatlar barham topishi mumkin.

- MBAda Kobi Brayant “Seltiks”ni ko'ra olmasligini gapirsa, hech narsa sodir bo'lmaydi. Ammo bu erda “Barsa” muxlisi “Real”ni yoqtirmasligini aytsa, bu ko'pchilikning jahlini chiqaradi.


- Bunday reakciya bo'lishini tushunmayman. Bu haqida jim turishlariga qaramay, bizni xursand qiladigan ko'p narsalar mavjud. Masalan, boshqalarda ishlar o'xshamaganda. Raqobat – shunday: biz birdek yaxshi va o'sha narsani qila olmaymiz. Bu mantiqiydir.

- Ha, lekin boshqalar bu haqida gapirmaydi.

- CHunki bu to'g'ri qabul qilinmaydi. Bizda “Real”da hammasi yaxshi bo'ladi” yoki “Atletika”ka barcha yaxshi narsalarni tilayman” deyish qabul qilingan. Tinchlik yaxshi. Ammo yolg'on mehribonlikdan foyda kam. Bu mening yo'lim emas va shuning uchun bunday gapirmayman. Bu menga yoqadi. Menga bir jamoaga boricha muxlislik qilish yoqadi va raqiblarda ishlar yomon bo'lishini istayman. Bu sport degani. Bazida o'zimga mantiqiy ko'ringan fikrga odamlarning asabiy reakciya bildirishlariga hayron bo'laman. Men gaplarim etiborsiz qolmasligini bilaman, ammo ularning oqibatini hisoblay olmayman. Masalan, Kevin Ronald haqida bildirgan fikrimda bu tasirga ega bo'lishini bilganman, biroq terma jamoaga tasir ko'rsatishini tasavvur qilmagandim.

- Sizga terma jamoada siyosiy emas, aynan shu sababli hushtakbozlik qilishgan deb hisoblaysizmi?

- Ha, aynan “Barselona” va “Real” o'rtasidagi qarama-qarshilik tufayli, siyosat tarafdan emas. Bunga aminman. Bu terma jamoa his qiladigan va foyda keltirmaydigan holat. Har safar janob Del Boske men haqimda savolga javob berishiga to'g'ri kelganini ko'rganimda, uning azob chekayotganini bilaman. Bu yoqmaydi, chunki u to'g'risida qayg'uraman. Ish shungacha etib borishini bilganimda, hech qachon o'sha gaplarni yozmagan bo'lardim.

- Hushtakbozlik o'yiningizga tasir o'tkazishi mumkinmi?

- Yo'q. Agar odamlar madhiyaga hushtakbozlik qilsa, buning ortida odamlar biror narsa deydigan sabab turibdi. SHuning uchun menga hushtak chaladigan odamlarda bunga sabab borligini bilaman. SHu xolos. Bunda siyosiy xabar bor edi, ammo madhiyaga hushtakbozlik qiladiganlarni himoya qilmaganman. Bu yuz berishi kerak deb o'ylamayman. AQSHda superboul paytida amerikaliklar madhiyasiga qanday hurmat bilan munosabatda bo'lishganini ko'rdim. Aslida shunday bo'lishi lozim.

- Kataloniyaning mustaqilligiga munosabatingiz qanday?

- Bunga oilam yordamida javob beraman. Men ispan, xotinimning kelib chiqishi livan va kolumbiyalik insonlarga bog'langan. O'g'limda ispan, katalon, livan va kolumbiyaliklar qoni oqadi. Biz katta globalizaciya davrida yashaymiz. SHu sababli o'zingni biror joyga bog'lashing vaqtni bekorga sarflashdir. Hamisha Jon Lennonning fikrini maqullayman: bayroqlar yo'q. Barchamiz olamda yashaymiz va ko'p narsalarni baham ko'ramiz. Hayotdan rohatlanish kerak, yo'q muammolarni qidirish emas.

- Del Boske sizdan 2015 yilda eng ko'p foydalandi, ammo unga muhabbatingiz haqida shubhalar mavjud.

- Agar Ispaniya terma jamoasi uchun o'ynayotgan bo'lsam, buni amalga oshirishni chin dildan xohlaganim uchun qilyapman. Bizda ajoyib jamoa bor va o'zimni hozir ispan deb hisoblayman.

- Siz sport bo'yicha qabul qilgan va boshida tavakkal ko'ringan qarorlar yakunda omadli bo'lib chiqdi. Buning siri nimada?

- Boshqa klubga o'tishda ko'p futbolchilar pulga etibor qaratishadi. Bu muhim emas. Eng muhimi – o'zing o'tayotgan jamoa falsafasiga to'g'ri kelish. Yana sen yashaydigan shahar ham kam bo'lmagan ahamiyat kasb etadi. Faqat shundan keyin pul haqida gapirish mumkin. Futbol – jamoaviy o'yin, shuning uchun boshqacha yo'l tutish mumkin emas. Sen jamoa bo'lagisan va uni o'rgan, u bilan birgalikda o'rgan. Ko'pchilik buning naqadar muhimligini yaxshi tushunmaydi.

- Ikki yil avval o'yiningiz yaxshi taassurot qoldirmagan va sizga ishtiyoq etishmagandek tuyulgandi. Barchasi joningizga tekkanmidi? Sizda shubhalar bo'lganmi?

- O'ynashni juda erta boshlaganman va yoshligimdan ko'plab sovrinlar yutish nasib qilgan. O'shanda uni hozirdagidek qadrlamagandim. Biror narsani majbur qilganim uchun qila olmayman. Menga olov, muvaffaqiyat kerak. Muvaffaqiyatsiz o'zimni hech kimdek sezaman. Angliyada 2014 yil oldingi saviyaga qaytishni istashimni o'zimga aytdim. Tushundim – rivojlanishda davom etish yoki boshqa joy qidirishim zarur. Hozir yaxshi holatdaman. Futboldan har doimgidan ko'proq zavq olyapman.

- Ancha vaqt oldin nafaqaga erta chiqib, “Barselona” prezidenti bo'lishni aytgandingiz. Bu rejalar o'zgarmadimi?

- Ha, shunday. Zaxiramda yana bir necha yil mavjud. Hozirgi holatga bor etiborimni qaratganman, o'zim haqimda qayg'uraman. Oilam ham menga barqarorlikni saqlashga yordam bermoqda. Bundan lazzat olishni va qadrdon jamoam uchun imkon qadar uzoqroq o'ynashda davom etishni xohlayman. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Faoliyatimni uzoqroq olib borish asosiy ishtiyoqim sanaladi.


- Sizni yana nima ruhlantiradi?

- Mashg'ulotlarning ishqibozi emasman, lekin menga raqobat yoqadi. Bahslashish meni ilhomlantiradi. O'yin qancha qiyin bo'lsa, undan shuncha ko'p zavq olaman. Jarima maydoniga qamalab olgan raqib ustidan 6:0 yoki 7:0 hisobidagi g'alaba hech qanday rohatlanish bermaydi. Bunday o'yinlarda vazifam kamroq xato qilishdir. Menga bizga chaqiriq tashlab, bosim o'tkazishlari va qiyin ahvoldan baribir chiqib ketishimiz zarur. Sabr qilib, azob chekib, yakunda zafar quchiladigan bahslardan huzurlanaman. SHunday kunlarda kiyinish xonasiga “Bugun barchasini to'g'ri amalga oshirdik” degan xayolda kirib boraman.

- Ammo faoliyatingizda “Barselona”da bunday o'yinlar ko'p bo'lmagan.

- Ha, bazida ko'proq himoyalanish uchun boshqa jamoaga o'tish to'g'risida o'ylaganman. CHunki menga turli qiyinchiliklarga ro'para kelish yoqadi. Jamoamizning ushbu avlod futbolchilari uchun zafar quchishda davom etish eng katta muammo sanaladi. Bu eng qiyinidir. Har safar yutganingizdan keyin navbatdagi uchrashuv qiyinroq kechadi. Bu aniq.

- Siz uchun qiyin paytda oilangiz barqarorlikni tiklab olishga ko'mak bergani to'g'risida aytib o'tdingiz.

- Ha, SHakira hayotimga ko'p ijobiy narsalar olib kirdi. Futbolchi bo'lsang va rafiqang sendan mashhurroq bo'lsa, bu ancha g'alati. Biz juda baxtlimiz va bir-birimizning muvaffaqiyatimizdan quvonamiz. Kumiring sheriging bo'lishi kerak, men uchun u shunday. Biz tinch va kelishgan holda hayot kechiramiz. Kunning qizg'in paytida birga biror savdo markazida yura olmasmiz, lekin kinoga borishimiz, magazin aylanishimiz mumkin. Bolalarimizga yaxshiroq narsalar qilib, oddiy oilaviy hayot kechiramiz. Meni bolalarning futbolchilarga qarab, ulardan o'rnak olishlari hayratda qoldiradi. O'g'lim paypog'ini tizzasidan yuqori kiyadi va uzun futbolkalarni tanlaydi. CHunki uning otasi shunday qiladi. SHu kunlarda u tupurdi va buning uchun urishib berganimda “Leo shunday qiladi” deb javob qaytardi. Bu meni o'ylashga majbur etdi. Bizga doim bolalar uchun o'rnak bo'lishimiz kerakligini gapirishadi, ammo o'zingiz farzandli bo'lmaguncha buni tushunib etmaysiz.

- Messini baribir eslab o'tdingiz.

- Uning uchun imkonsiz narsaning o'zi yo'q. Barchasi o'ylab qo'yilgandek holatda ham u hayratlantiradigan nimadir o'ylab topadi. Uning oxirgi paytlarda g'amxo'r bo'lganini takidlash lozim. U Suares va Neymarni qanday qabul qilgani barchasini ko'rsatib turibdi.

- Ushbu intervyu chiqqunga qadar navbatdagi munozaraga kirishishni rejalashtiryapsizmi?

- Yo'q. Hozir bor etiborimni navbatdagi treblni yutishga qaratganman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика