Dahshat! Holand mavsum boshidan beri APLdagi 11 ta jamoadan ko'proq gol urdi
20 okt 2025 14:34
Yangiliklar
Dahshat! Holand mavsum boshidan beri APLdagi 11 ta jamoadan ko'proq gol urdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand Angliya Premer-ligasining 8-turida "Everton"ga qarshi o'yinda (2:0) 2 ta gol urdi. Ushbu o'yindan so'ng norvegiyalik o'zining ajoyib ko'rsatkichini nishonladi.
25 yoshli forvard mavsum boshidan buyon APLDa 11 ta gol urdi. U Premer-ligadagi 11 ta jamoadan ko'ra ko'proq to'p kiritgan.
Shunday qilib, Holand "Sanderlend" (9 ta gol), "Everton" (9), "Brentford" (9), "Byornli" (9), "Fulxem" (8), "Aston Villa" (8), "Nyukasl" (7), "Lids" (7), "Vest Xem" (6), "Nottingem Forest" (5) va "Vulverxempton" (5) jamoalaridan ko'proq gol urgan.
"Manchester Siti" APLdagi eng sermahsul jamoa bo'lib turibdi, "shaharliklar" 8 o'yinda 17 ta gol urgan. Keyingi o'rinlarda "Chelsi" (16) va "Arsenal" (15) bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar