JCH U-20. Eng yaxshilar aniqlandi
20 okt 2025 09:27
Yangiliklar
JCH U-20. Eng yaxshilar aniqlandi
Anaanaga ko'ra turnir tashkilotchilari musobaqa yakunidan so'ng eng yaxshilarni aniqladi.
Marokashlik vinger Othmane Maamma turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi eng yaxshi futbolchisiga topshirilgan “Kumush to'p” uning jamoadoshi, hujumchi Yassir Sabiriga topshirildi. Argentinalik yarim himoyachi Milton Delgado turnirning eng yaxshi uchinchi futbolchisi bo'ldi.
To'purar sifatida esa bir yo'lla to'rt nafar futbolchi tan olindi. Marokash hujumchisi Yassir Sabiri, Franciya hujumchisi Lyuk Mishal, kolumbiyalik Neyser Vilyarreal va AQSH yoshlari azosi Benx Kremaski "Oltin butsa" sovriniga ega chiqishdi. Barcha futbolchining hisobida 5 tadan gol bor.
20 yoshli argentinalik Santino Barbi eng yaxshi darvozabon deb topildi. U turnirning barcha etti uchrashuvida maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi va to'rtta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar