JCH U-20. Eng yaxshilar aniqlandi

Khoja
20 okt 2025, 09:27
Chilida bo'lib o'tgan U-20 JCHning finalida Marokash Argeninani mag'lub etib, jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Anaanaga ko'ra turnir tashkilotchilari musobaqa yakunidan so'ng eng yaxshilarni aniqladi.

Marokashlik vinger Othmane Maamma turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi eng yaxshi futbolchisiga topshirilgan “Kumush to'p” uning jamoadoshi, hujumchi Yassir Sabiriga topshirildi. Argentinalik yarim himoyachi Milton Delgado turnirning eng yaxshi uchinchi futbolchisi bo'ldi.

To'purar sifatida esa bir yo'lla to'rt nafar futbolchi tan olindi. Marokash hujumchisi Yassir Sabiri, Fransiya hujumchisi Lyuk Mishal, kolumbiyalik Neyser Vilyarreal va AQSH yoshlari a'zosi Benx Kremaski "Oltin butsa" sovriniga ega chiqishdi. Barcha futbolchining hisobida 5 tadan gol bor.

20 yoshli argentinalik Santino Barbi eng yaxshi darvozabon deb topildi. U turnirning barcha etti uchrashuvida maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi va to'rtta  bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com